"Bo‘larkanu!": dollar atrofidagi o‘zgarishlarga Facebook foydalanuvchilarining munosabati

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishValyuta kursi
Valyuta kursi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha 5-sentabrdan mamlakatda erkin konvertatsiya ochilishi e’lon qilindi. Prezident farmonida, shuningdek, O‘zbekiston viloyatlaridagi "qora bozorlar" faoliyatiga nuqta qo‘yish ham ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida 5-sentabrdan boshlab O‘zbekistonda valyuta almashtirish hech qanday cheklovlarsiz amalga oshirilishi haqida xabar e’lon qilindi.

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov: O‘zbekiston tez orada erkin konvertatsiya uchun barcha sharoitlarni yaratadi
Prezident Farmonida milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan kursi bozor mexanizmlari asosida o‘rnatilishi belgilandi.

Farmon bilan O‘zbekiston hududida xalqaro amaliyotga muvofiq ravishda xalqaro plastik kartalar yordamida to‘lovlarni amalga oshirishni istisno qilgan holda tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun xorijiy valyutada to‘lovlarni amalga oshirish taqiqlandi.

Mahsulotlar, ishlar va xizmatlar narxlari va tariflari, shuningdek jamiyatlar ustav kapitalining eng kam talablari endilikda faqatgina milliy valyutada belgilanadi.

Shavkat Mirziyoyev buyrug‘iga binoan huquq-tartibot organlari respublika hududida naqd xorijiy valyutaning noqonunniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib boradigan bo‘lishdi.

Mazkur Farmon ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi bilan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari prezident Farmonida belgilangan chora-tadbirlar oqibatlari haqida qizg‘in bahsga kirishib ketdilar.

Denejnie kupuri - Sputnik O‘zbekiston
Dollarning "qora bozor"dagi kursi 730ga tushib ketdi
Kimdir "mana endi narx-navo o‘sadi" deb taxmin qilsa", "endi dollar narxi tushib ketadi" deb fikr bildirayotganlar ko‘p bo‘lmoqda.

"Bo‘lar ekanu, hali biz tayyor emasmiz, xalqimiz tayyor emas, degan afsonaviy gaplar tugadi", — deb yozgan Farrux Xudoynazarov niki ostidagi foydalanuvchi.

"Prezident tomonidan qabul qilingan farmon anchadan beri gazak olib kelayotgan muammo yechimi sari qo‘yilgan qadamdir. Ammo bizning bank tizimimiz buning uddasidan chiqa oladimi, bu katta so‘roq ostida. Shu yerda ham tavakkalchilik ortidagi yo‘qotishlarning hammasi kartochka sohiblari zimmasiga yuklatilgan. Erkin konvertatsiya masalasini konverkatochkalar yordamida hal qilish — respublikada plastik kartalar joriy qilingan davrni esga solmoqda. Axir, hammamiz bilamiz, bank tizimi plastik kartalarning normal infratuzilmasini yo‘lga qo‘yib olmaguniga qadar qancha-qancha qiyinchiliklarni boshdan kechirdik.

Oradan shuncha yillar o‘tsa hamki, kartochkalardan naqd pul yechib olish muammosi haligacha hal etilmagan. Shu bilan birga, bularning barchasi ichki bozor muammolari hisoblanadi, ular hal etilmoqda, ammo konverkartalar bilan bog‘liq muammolar ancha murakkab. Sababi ular birinchi galda respublika banklari tomonidan jahon banklarida ochilgan korrespondentlik hisob raqamlari tarmog‘iga, ushbu hisob raqamlarning zarur miqdordagi valyutalar bilan to‘ldirib borilishiga va umuman, tashqi iqtisodiy faoliyatga bog‘liq. Shu bois taxmin qilish mumkinki, toki boshqa banklar ham valyuta operatsiyalarida aniq bir yutuqlarni qo‘lga kiritmagunlariga qadar bu masalada O‘zbekiston Milliy banki monopolistga aylanadi va, tabiiyki, barcha muammolar aynan shu yerda paydo bo‘ladi", — deb yozgan Sh. Boboxodjayev.

"Bank shahobchalarini yana mafiya egallab oladi", — deb Boboxodjayev fikrini ma’qullagan Nigora ismli foydalanuvchi.

Punkt obmena valyut - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 5-sentabrdan erkin konvertatsiya boshlanadi
"Menimcha bu qaror qog‘ozda qolib ketmasa kerak. Negaki, xalq qora bozorga o‘rganib bo‘ldi. Agar ommani bank o‘ziga o‘rgatmoqchi bo‘lsa unda bozordagi sharoitdan yaxshiroq sharoit tashkil qilishi yeki bozordan qimmatrok olishi kerak. Lekin bizni banklar yaxshiroq sharoit qilishdan yeki qimmatroq olishdan ko‘ra xalqni dollarni bankda maydalashlariga majbur qilishliklari haqiqatga yaqinroq menimcha", — deb fikr bildirgan Abduraxim Madrahimov.

Shuningdek, aksariyat foydalanuvchilarni banklarda endi dollarning rasmiy kursi necha so‘m bo‘lishi haqidagi savol qiziqtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Farmonida milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan kursi bozor mexanizmlari asosida o‘rnatilishi belgilangan bo‘lsada, banklar valyutani necha so‘mdan sotib olishlari borasida rasmiy xabar e’lon qilgani yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0