Kamilov: O‘zbekiston tez orada erkin konvertatsiya uchun barcha sharoitlarni yaratadi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov
O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
TIV rahbari O‘zbekiston, boshqa davlatlar singari sarmoyachilarni faol jalb etishga harakat qilayotgani va mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash uchun ishlar olib borilayotganini ta’kidladi

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekiston yaqin kelajakda o‘z milliy valyutasini to‘liq konvertatsiyasi uchun barcha sharoitlarni yaratadi, deb bayonot qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov "O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi" hamkorligi kengashi yig‘ilishi so‘ngida bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumani vaqtida.

Valyutalar kursi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda savdoda naqd xorijiy valyuta muomalasiga chek qo‘yiladi - prezident Farmoni
"Men o‘ylaymanki biz yaqin istiqbolda valyutamiz to‘liq konvertatsiyasi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratamiz, kapitalni va daromadni vatanga qaytarish mexanizmlarini takomillashtiramiz, banklarimiz, sud organlari faoliyatini yanada yaxshilash, qolaversa, investitsiya uchun jozibador muhitni shakllantirish ustida ish olib boramiz", — dedi Kamilov.

TIV rahbari O‘zbekiston, boshqa davlatlar singari sarmoyachilarni faol jalb etishga harakat qilayotgani va mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash uchun ishlar olib borilayotganini ta’kidladi, deb yozadi "Podrobno.uz".

"Bu borada jiddiy xalqaro institutlar bizni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini his qilyapmiz. Mana deyarli uch kun oldin Shavkat Mirziyoyev xalqaro valyuta jamg‘armasi ijrochi direktori Kristin Lagarddan maktub oldi. Lagard O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlar, jumladan, valyuta islohotini ma’qullashini aytib o‘tgan", — deb qo‘shimcha qilgan Kamilov.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro valyuta jamg‘armasi ijrochi direktori O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan maktubida shuningdek, jamg‘arma xodimlari yaqin orada Toshkentga borishini bildirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0