O‘zbekistonda 5-sentabrdan erkin konvertatsiya boshlanadi

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishPunkt obmena valyut
Punkt obmena valyut - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 5177-sonli qarorni imzoladi, unga ko‘ra 5-sentabrda O‘zbekistonda valyuta almashtirish hech qanday cheklovlarsiz amalga oshirila boshlaydi.

TOShKENT, 2 sen – Sputnik.O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 2-sentabrida 5177-sonli qarorni imzoladi. Unga ko‘ra 5-sentabrda O‘zbekistonda valyuta almashtirish hech qanday cheklovlarsiz amalga oshirila boshlaydi, prezident matbuot xizmati xabariga asosan.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 5-sentabrdan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani hech qanday cheklovlarsiz almashtirishni boshlaydi.

“2017 yilning 5-sentabridan quyidagi tartib o‘rnatilsin: 

O‘zbekiston respublikasining yuridik shaxslari xalqaro faoliyatning joriy operatsiyalarni amalga oshirish uchun tijorat banklaridan xorijiy valyutani cheklanmagan miqdorda sotib olish yoki sotishlari mumkin;

O‘zbekiston respublikasining jismoniy shaxslari tijorat banklarida xorijiy valyutani bank kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan, cheklanmagan miqdorda, sotib olish yoki sotishlari mumkin va sotib olingan valyutadan chet elda cheklanmagan miqdorda foydalanishlari mumkin”, — deyilgan prezident qarorida.

Shuningdek, prezident imzolagan hujjatda milliy valyutaning chet el valyutasiga nisabatan kursini belgilashda, faqat bozor mexanizmlaridan foydalanilishi ta’kidlangan.

Undan tashqari, 5-sentabrdan boshlab O‘zbekiston barcha ko‘rinishdagi eksportchi kompaniyalar uchun valyuta sotish majburiyati bekor qilindi.

Yangiliklar lentasi
0