TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Bugun Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, BMTning Taraqqiyot dasturi tomonidan Global ekologik fondi granti asosida «O‘zbekistonda energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan qishloq turar-joy binolari qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish» yangi loyihasi rasmiy ishga tushirildi.
Loyiha 2017-2022 yillarda amalga oshirilib, Global ekologik fondi va BMT O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi tomonidan 6,3 million dollar miqdorda texnik ko‘mak ajratilishi belgilangan.
Loyiha to‘rtta komponentdan iborat. Birinchi komponent doirasida qishloqlarda uylarni sotib olish uchun yashil ipoteka kreditlash mexanizmini joriy etish rejalashtirilgan.
Ishlab chiqarishning mahalliy moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va energiya samardorligi yuqori qurilish materiallaridan, hamda qayta tiklanuvchi energetika tizimlaridan (binolarning yoritish tarmoqlari uchun fotoelektrik stansiyalar), hamda energiya samarador va past-uglerodli qishloq uylarini loyihalash va qurishdagi salohiyatdan foydalanish loyiha ikkinchi komponentining asosiy vazifasi bo‘ladi.
To‘rtinchi komponent marketing vositalarini joriy qilish va rivojlantirishga, energiya samardorligi yuqori va past-uglerodli qishloq uylarining afzalliklari va foydalari haqida jamoatchilikni xabardorligini oshirishga yo‘naltirilgan.
Shunday qilib, ekologik-yashil-qurilish tamoyillaridan foydalangan holda qishloq uylarini qurishning sifat standartlariga yangicha yondashuv O‘zbekistondagi qishloq joylarda barqaror rivojlanish maqsadlariga yetishish yo‘lida yana bir qadamni tashlash imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yil oxirida prezident tomonidan 2017-2021 yillarda qishloq joylarida takomillashtirilgan namunaviy uylar loyihalari asosida arzon turar joylar qurish bo‘yicha yangilangan dastur qabul qilingan edi. Bu dastur energiyani ko‘proq tejashga va issiqxona gazlarini havoga chiqarilishini, atrof muhitga salbiy ta’sirni qisqartirishga qaratilgan.