Mirziyoyev qurilish sohasi xodimlari uchun bayram joriy etdi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tasdiqlangan maqsadli dasturlar doirasida arzon namunaviy uy-joylar, ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlaridan tashqari, yirik inshootlar va infratuzilma obyektlari ham foydalanishga topshirilmoqda

TOShKENT, 11-avgust — Sputnik. 2017-yildan boshlab avgust oyining ikkinchi yakshanba kuni "O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni" deb e’lon qildi. Bu haqda prezident rasmiy sayti xabar qildi.

Proyekt novogo akvaparka v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda akvapark qurilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, "Davarxitektkurilish" qo‘mitasi, mutasaddi vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va tashkilotlar "O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni"ni sohaga mos tarzda va tantanali ravishda nishonlashni ta’minlash haqida topshiriq berildi.

Tasdiqlangan maqsadli dasturlar doirasida arzon namunaviy uy-joylar, ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlaridan tashqari, yirik inshootlar va infratuzilma obyektlari ham foydalanishga topshirilmoqda. Jumladan, so‘nggi yillarda Toshkent shahrida "Bunyodkor" stadioni, "Xayatt Rijensi" mehmonxonasi, "Inha" universiteti filiali, "Minor" masjidi, Farg‘ona shahrida san’at saroyi va futbol stadioni, Jizzax shahrida stadion va universal sport kompleksi, Urganch shahrida universal sport kompleksi va Navoiy konchilik instituti bino-inshootlari zamonaviy shaharsozlik talablari asosida barpo etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 10-avgust kuni imzolangan farmoniga asosan qurilish sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, zamonaviy bino va inshootlarni barpo etish, shahar va qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirish, sohaga oid davlat dasturlari ijrosini ta’minlash borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh qurilish sohasi xodimlari faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.

Yangiliklar lentasi
0