O‘zbekiston yoshlari yangi uylar bilan ta’minlanadi

© anhor.uzKottedji po tipovim proyektam
Kottedji po tipovim proyektam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston barcha yirik shaharlarda – ko‘p qavatli, qishloq tumanlarida – 1-2 qavatli namunaviy loyihalar asosida arzon uylar yoshlarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib qurilishi nazarda tutiladi

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. 2017-yil 5-iyun kuni O‘zbekiston prezidenti "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi farmonini imzoladi. Mazkun farmon matni O‘zbekiston prezident rasmiy veb saytida berilgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar - ulkan kuch: Mirziyoyev yoshlarga Hukumat eshiklarini ochdi

Ushbu farmonga asosan ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida 2018-2021-yillarga mo‘ljallangan Yoshlar uylarini barpo etish dasturi ishlab chiqish haqida Vazirlar Mahkamasiga topshiriq berdi.

Mazkur dasturda barcha yirik shaharlarda — ko‘p qavatli, qishloq tumanlarida — 1-2 qavatli namunaviy loyihalar asosida arzon uylar yoshlarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib qurilishi nazarda tutiladi.

O‘zbekistonning tuman markazlari va shaharlarda Yoshlar tadbirkorlik klasterlari tashkil etiladi.

Foydalanilmayotgan davlat obyektlarini, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi obektlarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining a’zosi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga to‘lovsiz ijaraga berish tartibi joriy etiladi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari har oyda kamida bir marta yoshlar bilan ochiq muloqotlarni o‘tkazib borish amaliyoti joriy etiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0