TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Arzon uy-joyga yengil avtomobil qo‘shib berilmoqda, deb ma’lum qilgan joriy yilda 190 dan ziyod uy-joy qurilishini moliyalashtirgan "Ipoteka-bank" matbuot-xizmati. Bu haqda O‘zbekiston Hukumat portali rasmiy saytida xabar berildi.
Bank matbuot xizmati ma’lum qilishicha arzon uy-joylar uchun pul to‘layotgan mijozlarga "Imkoniyat" nomli yutuqli omonat ham taklif qilingan edi. Bu tadbirlar joriy yilning 10-yanvaridan 1-apreliga qadar davom etgan. Ana shu muddatda boshlang‘ich mablag‘ to‘lagan fuqarolar ixtiyoriy ravishda unda ishtirok etdi.
Ayni paytda yutuqli lotereyada 5 ming 535 nafar, xususan, Toshkent shahridan 2 ming 382 omonatchi ishtirok etdi. Yutuqqa 500 ga yaqin qimmatbaho maishiy texnika va 14 dona "Spark" avtomobili qo‘yilgan edi. Bugun ana shu yutuqlarning g‘oliblari aniqlangan.
"Maqsad yosh oilalar, eskirgan uy-joylarda yashayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan boshqa toifadagi fuqarolarni arzon, qulay, zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash, turmush darajasini yanada oshirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdir", — deyiladi bank matbuot-xizmati xabarida.