TOShKENT, 23 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 23-avgustdagi farmoniga asosan fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohadalar bo‘yicha davlat mukofotlari berildi, deb xabar qildi prezident rasmiy veb-sayti.
Farmonda birinchi darajali davlat mukofotlari quyidagilarga berildi:
fan va texnika sohasida (fan va texnika sohasida ko‘zda tutilgan 1 ta birinchi darajali Davlat mukofoti o‘rniga 2017-yil uchun istisno tariqasida 2 ta birinchi darajali mukofot berilishi belgilansin):
— Ayupov Shavkat Abdullayevich, Kudaybergenov Karimbergen Kadirbergenovich, Omirov Baxrom Abdazovich, Roziqov O‘tkir Abdulloyevichga — "Noassotsiativ algebralar, differensiallash va nochiziqli dinamik sistemalar nazariyalarini rivojlantirish" fundamental tadqiqoti uchun;
— Inoyatova Flora Ilyasovna, Axmedova Dilorom Ilxamovna, Amonov Shavkat Ergashevichga — "Og‘ir eshitish zaifligi va karligi bo‘lgan bolalarning reabilitatsiyasi" amaliy tadqiqoti uchun;
— Qodirov Pirimqulga (marhum) — "Amir Temur siymosi" va "Til va el" asarlari uchun;
san’at va me’morchilik soxasi bo‘yicha:
— Matakubov Otanazarga — o‘zbek klassik musiqasining tarixi, nazariy asoslari va zamonaviy jarayonlarga ta’siri haqidagi tadqiqotlar turkumi. "Maqomot", "Buxoro Shashmaqomiga yana bir nazar", "Xorazm nota yozuvining tarixi va tamoyillari", "O‘zbek klassik musiqasi asarlari" (ikki tomli, o‘zbek va rus tillarida) kabi musiqashunoslikka oid asarlar majmuasi uchun;
Ikkinchi darajali davlat mukofotlari kuyidagilarga berildi:
fan va texnika sohasida:
adabiyot sohasi bo‘yicha:
— Saidov Sirojiddin Salohovich (Sirojiddin Sayyid)ga — "Ochil, ey gul, ki bo‘ston vaqti bo‘ldi" kitobi uchun;
san’at va me’morchilik sohasi bo‘yicha:
— Shayakubov Shaxalil Karimovichga — "Zamonaviy O‘zbekiston miniaturasi" (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) kitob-albomi uchun.