Mirziyoyev bir guruh temir yo‘l xodimlarini nufuzli orden va medallar bilan taqdirladi

© Uzbekistan24Prezident nagradil rabotnikov sferi jeleznodorojnogo transporta
Prezident nagradil rabotnikov sferi jeleznodorojnogo transporta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident bir guruh temir yo‘l sohasi xodimlarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

TOShKENT, 4-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti temir yo‘l sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar qildi Uzbekiston24.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev yangi bayramni joriy etdi

"Mamlakatimiz temir yo‘l transporti sohasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, tarmoqni zamon talablari asosida rivojlantirish, mintaqa va jahon miqyosida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, respublikamizda temir yo‘l transporti kommunikatsiyalarining mustaqil, yagona va yaxlit tizimini yaratish, xalqaro standart va talablarga mos yangi temir yo‘llarni barpo etish, tarmoqning barqaror va samarali ishlashini ta’minlash hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlansin", — deyiladi farmonda.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi» Ismailov Xalmurat — «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «Toshtemiryo‘lloyiha» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori.

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan Shaymanov Absaxat Bozorovich — «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Termiz temir yo‘l masofasi yo‘l ta’mirlovchisi.

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan Abdullayev Nusratillo Sa’dullayevich — «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» unitar korxonasi bosh direktori, Rabimov Toshkuvat Shodiyarovich — «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Samarqand temir yo‘l masofasi ko‘prik ustasi, Xasilov Xusnutdin Nuriddinovich — «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati bosh menejeri — bosh muhandisi, Soy Viktor Robertovich — «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «406-ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj poyezdi» unitar korxonasi boshlig‘i.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev temir yo‘lchilarni kasb bayramlari bilan tabrikladi
«Do‘stlik» ordeni bilan Sagdullayeva Elmira Shavkatovna — «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi» aksiyadorlik jamiyati yetakchi muhandis-texnologi, Xolmamatov Ali Sultonovich — «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Qarshi elektr ta’minoti korxonasi elektromexanigi.

Shuhrat» medali bilan Ganiyev Polat Begdullayevich — «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Qo‘ng‘irot lokomotiv deposi teplovoz mashinisti, Rustamov Rustam Beknazarovich — «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Buxoro aloqa va ishorat masofasi uchastka boshlig‘i, Egamov Maruf Mirzaxmedovich — «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Qo‘qon vagon deposi vagon yig‘uv sexi brigada boshlig‘i.

Yangiliklar lentasi
0