Gulnoraga berilgan pora, yoxud nega TeliaSonera O‘zbekistondan ketmayapti

© Kārlis DambrānsShvetsiyadagi TeliaSonera ofisi
Shvetsiyadagi TeliaSonera ofisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
TeliaSonera kompaniyasi o‘zbek bozoriga kirib kelgach yirik korrupsiya bilan bog‘liq mojaro ishtirokchisiga aylandi. Yevropa va Amerika OAVlari operatorni o‘zbek mansabdorlariga, xususan mamlakatning birinchi prezidenti qizi Gulnora Karimovaga pora berganlikda aybladi

TOShKENT, 17 avg — Sputnik. TeliaSonera shved-fin telekommunikatsiya guruhi o‘zining O‘zbekistondagi aktivi — Ucell brendi ostida faoliyat yuritayotgan Coscom kompaniyasini sotishga harakatini qo‘ygani yo‘q, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Ucell kompaniyasi binosi - Sputnik O‘zbekiston
TeliaSonera Ucellni sotib olishga tayyor xaridorni hamon topolgani yo‘q
Skandinavlar o‘tgan yilning yanvar oyidan boshlab O‘zbekiston bilan xayrlashishga harakat qilib kelmoqda. O‘shanda kompaniya — tarkibida O‘zbekiston ham bo‘lgan rivojlanayotgan bozorlarni tark etishi to‘g‘risida xabar qilgan edi. TeliaSonera — O‘zbekistondagi aktivini to‘liq sotishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Kompaniya nega bu qarorga kelgani haqida turli sabablar aytilgan bo‘lsa-da, asosiy vaj sifatida TeliaSonera respublika bozoriga kirib kelishi bilan bog‘liq yirik korrupsion janjal ko‘rsatilgan edi. Yevropa va Amerika OAVlari operatorni o‘zbek mansabdorlariga, xususan, birinchi prezidentning qizi — Gulnora Karimovaga pora berganlikda ayblashdi.

Misol uchun, shved televideniyesi TeliaSonera 2007-yilda O‘zbekistonda litsenziya olayotgan vaqtda Gibraltarning oshfor Takilant kompaniyasiga 330 million dollar miqdorda porani to‘lagani haqida sujet namoyish etdi. Hammasi ham mayli, ammo ushbu kompaniya rasman — Gayane Avakan, Gulnora Karimovaning yaqin dugonasi va ishonchli vakiliga tegishli bo‘lgani bois, oqibatda, o‘tkazilgan pullar kimning cho‘ntagiga borib tushgani aniq va ravshan edi…

Ucell binosi - Sputnik O‘zbekiston
Ucell O‘zbekistonda ishlashni davom ettiradi
OAVlarda ushbu ma’lumotlar chop etilgach, AQSh va Yevropa davlatlarining qator tergov organlari korrupsiya faktlari bo‘yicha o‘z tekshiruvlarini boshlashdi. Yuzaga kelayotgan janjal arafasida TeliaSonera ichki tekshiruv o‘tkazilishi haqida e’lon qildi va so‘ngra to‘rt nafar top-menejerlarning ishdan bo‘shatilgani haqida ma’lumot berdi. Sal o‘tmay TeliaSonera o‘z nomini Telia Company etib o‘zgartirdi. Ekspertlarning aksariyati o‘shanda bu rebrending ko‘proq o‘z nomini yuqoridagi mojarodan "tozalash" uchun amalga oshirilganini aytishgan edi.

Gayane Avakanga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2014-yilning fevralida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi unga va Gulnora Karimovaning yana bir nechta yaqin yordamchilariga chet elda soxta kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, chet el valyutasini yashirish va respublika sarhadidan tashqariga olib chiqib ketish bo‘yicha ayblovlar e’lon qilgan edi. May oyi oxirida O‘zbekiston Harbiy sudi Gayane Avakan va yana 14 kishiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblov e’lon qildi. Sud ushbu ish bo‘yicha barcha figurantlarni kriminallashgan jinoyatlarda aybdor deb topdi va barchasiga uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

TeliaSonera logotipi - Sputnik O‘zbekiston
Ucell O‘zbekistondan ketadi
Shved-fin guruhiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u bir yarim yildan buyon O‘zbekistondagi aktivini sotishi haqida gapirib keladi, ammo arava hamon joyida. Kuni kecha o‘tkazilgan Xalqaro press-klub yig‘ilishi ham hech narsaga oydinlik kiritgani yo‘q. Yig‘ilish davomida Ucell bosh direktori Tonu Grunberg sotuv jarayoniga quyidagicha izoh berdi:

"Bu jarayon ikki yildan beri davom etmoqda. Kompaniya hali sotilgani yo‘q, balki sotilib qolar. Bu ish bilan Stokgolmdagi ta’sischilar shug‘ullanishmoqda. Ehtimol yangi sohiblar paydo bo‘lar, ammo kim va qachon degan savollarga izoh bera olmayman. Men shunchaki bexabarman", — degan Grunberg.

O‘zbek va chet el analitiklarining aksariyati esa so‘nggi vaqtlarda aktivlar savdosi jarayoni ikkinchi planga o‘tganini gapirishmoqda. Islom Karimovning vafotidan so‘ng iqtisod hamda boshqa sohadagi liberalizatsiya jarayonlari boshlangach, ehtimol kompaniya O‘zbekistonda biznes uchun sharoitlar qanchalik o‘zgarishini kutishga qaror qilgandir.

"So‘mga o‘tamiz" - O‘zbekiston uyali operatorlari so‘mli tariflarga o‘tishga tayyorlanyapti
"Bugun O‘zbekiston bozori shiddat bilan o‘zgarmoqda. Ilgarilari skandinavlar konvertatsiyasi yo‘qligidan nolishardi, endilikda bu muammo deyarli o‘z yechimini topdi. Bundan tashqari, kompaniya 9 million abonentlari bilan respublika mobil operatorlar bozorida ikkinchi o‘rinni egallab turgan kelajagi istiqbolli aktivlarga ega. Kompaniya bosh raqibi — "Bilayn" — respublika hukumati va kuch tizimlarida qator amaldorlarning qo‘llab-quvvatlashi evaziga eng qulay shart-sharoitlarga ega edi. Endilikda u shaxslar qaror qabul qilish dastaklaridan chetlashtirilgan. Shu bois operatorlar bozori endilikda yanada raqobatbardosh bo‘ladi", — deb tushuntirdi vaziyatni Sputnik O‘zbekistonga ekspertlardan biri.

Boshqa mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, TeliaSonera bo‘lib o‘tgan yirik korrupsiyaga oid janjaldan so‘ng o‘zbek operatoriga mos mijozlarni topa olmayapti, xolos. Shu bois ham u shoshilmayapti, arzon sotib qo‘ymaslik uchun.

Yangiliklar lentasi
0