TeliaSonera Ucellni sotib olishga tayyor xaridorni hamon topolgani yo‘q

© UcellUcell kompaniyasi binosi
Ucell kompaniyasi binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shvetsiyaning TeliaSonera kompaniyasi yil boshida rivojlanayotgan bozorlarni, shu jumladan, O‘zbekiston bozorini ham sekin-asta tark etishi haqida e’lon qilgan edi, ammo kompaniyaning O‘zbekistondagi ulushini sotib olishga tayyor da’vogarlar hozircha topilmayapti

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Shved-fin telekommunikatsiyaviy guruhi bo‘lmish TeliaSonera O‘zbekistondagi Ucell uyali aloqa operatori aksiyalarini sotish bo‘yicha kelishuvlarga bora olgani yo‘q, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga kompaniya rahbari Tonu Grunberg Toshkentda "Kelajak shu yerda" nomi ostida o‘tkazilgan matbuot-anjumani davomida.

Shvetsiyaning TeliaSonera kompaniyasi yil boshida rivojlanayotgan bozorlarni, shu jumladan O‘zbekiston bozorini ham tark etishni boshlashi haqida ovoza qilgan edi. Kompaniya o‘shanda O‘zbekistondagi aktivlarini sotuvga qo‘yishi haqida ham ma’lum qilgandi.

"Biz O‘zbekistonda bu jarayon (ulushni sotish, demoqchi, tahr.) bilan shug‘ullanmaymiz. Bu ish Stokgolmdagi ofisimiz zimmasida. Ushbu jarayon tezlashtirilmagan, qolaversa, biz ham shoshilayotganimiz yo‘q. Aytishim mumkin-ki, Ucellkompaniyasi O‘zbekistonda va shu yerda faoliyat yuritishni davom ettiradi, bu shunchaki aksiyalar sotuvidir", — deya ta’kidladi Grunberg.

Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda kompaniyaning O‘zbekistondagi aktivlarini sotib olish istagida bo‘lgan chin xaridor hozircha topilmagan.

Ucell binosi - Sputnik O‘zbekiston
Ucell O‘zbekistonda ishlashni davom ettiradi
"Bu haqda gapirishga hali erta, ko‘ramiz, bu ish balki kelgusi yilda amalga oshirilar", — deya ta’kidladi u.

Eslatib o‘tamiz, Teliasonera – Yevropadagi eng yirik telekommunakatsiyaviy guruhlardan biri. Dunyo bo‘ylab uyali aloqa va shu sohadagi boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi ko‘plab kompaniyalar tarmog‘i egasi.

Bu guruhga tegishli ko‘pchilik kompaniyalarning nomi "cell" qo‘shimchasi bilan tugaydi: Kcell (Qozog‘iston), Azercell (Ozarbayjon), Ucell (O‘zbekiston), Tcell (Tojikiston), Geocell (Gruziya), Ncell (Nepal).

O‘zbekistonda TeliaSonera 7-yildan beri ishlaydi. Shu davr ichida kompani 9 mln mijoz, joylarda 22 idoraga bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0