"So‘mga o‘tamiz" - O‘zbekiston uyali operatorlari so‘mli tariflarga o‘tishga tayyorlanyapti

Obuna bo‘lish
Operatorlar o‘z hisoblash tizimini 2018-yilning 1-iyuliga qadar qayta ko‘rib chiqishlari lozim

TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Kelasi yilning 1-iyul sanasiga qadar O‘zbekistondagi barcha uyali aloqa operatorlari milliy valyuta — so‘mli tariflarga o‘tishadi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Bu haqda 16-avgust kuni respublika Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov xabar bergan. Vazir v.b so‘zlariga ko‘ra operatorlar oldiga kelasi yilning iyuliga qadar o‘z billing (hisob) tizimlarini qayta ko‘rib chiqish vazifasi qo‘yilgan.

Mobilnie operatori Megafon i Bilayn - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston mobil aloqa operatorlari abonentlar so‘zlashuvlarini kuzatmaydi
"Operatorlar oldiga so‘mli tariflarga o‘tish vazifasini qo‘yganimizda, ular o‘z navbatida oldilarida turgan muammo — billing tizimlarini ko‘rib chiqish masalasi haqida gap ochdilar. Shu tufayli so‘mli tariflarga o‘tish muddati 2018-yilning 1-iyuliga qadar etib belgilandi", — deb aytgan Shermatov.

O‘z navbatida, ushbu masalaga izoh berar ekan OOO Unitel rahbari Dmitriy Shukov Beeline hozirdanoq so‘mli tarifga to‘liq o‘tishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy valyutasi so‘m bo‘lishiga qaramay, mamlakatdagi uyali aloqa operatorlari tariflari AQSh dollarida hisoblanadi. Tariflar narxi davlat kursida hisoblansada, kurs o‘sishi tarif narxiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa uyali aloqa kompaniyalari mijozlari noroziligag sabab bo‘lmoqda.

Yangiliklar lentasi
0