Ucell O‘zbekistondan ketadi

© TeliaSoneraTeliaSonera logotipi
TeliaSonera logotipi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shvetsiyaning TeliaSonera Yevrosiyo mintaqasini sekin-asta tark etadi.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Kompaniya saytida tarqatilgan rasmiy ma’lumotga qaraganda TeliaSonera Yevrosiyo mintaqasini, shu jumladan O‘zbekisonni ham, sekin-asta tark etadi. Bundan buyon kompaniya asosiy e’tiborni Yevropa va Shvetsiya regionlariga qaratadi.

“Kompaniya Direktorlar kengashi vaziyatni chuqur o‘rganib chiqib, aksiyadorlarimiz, mijozlarimiz va xodimlarimiz uchun eng yaxshi yo‘lni tanladi. Bu strategiyani samarali amalga oshirish uchun biz TeliaSoneraning Yevroosiyo mamlakatlaridagi ishtirokini qisqartiramiz.” — dedi kompaniya Direktorlar kengashi raisi Mari Erling.  

Shu kunga qadar kompaniya Yevroosiyodagi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon, Moldova, Gruziya va Nepal mamlakatlarida ish olib borardi.

O‘zbekistonda TeliaSonera 7-yildan beriishlaydi. Shu davr ichida kompani 8,5 mln mijoz, joylarda 22 idoraga bo‘ldi.

 

Yangiliklar lentasi
0