Malakali mutaxassislar O‘zbekistonga qaytishiga nima xalal bermoqda?

"Mobilniy press-klub" provedet vstrechi s naseleniyem v razlichnix subyektax strani
Mobilniy press-klub provedet vstrechi s naseleniyem v razlichnix subyektax strani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rivojlangan mamlakatlarda yuqori maosh olib ishlayotgan mutaxassislar O‘zbekistonga qaytishi uchun ularning bolalariga muvofiq darajada bilim bera oladigan maktablar, kerakli darajada maosh taklif qila oladigan korxonalar va ish o‘rinlari tashkil qilish kerak.

TOShKENT, 8-avgust — Sputnik. Avgust oyining boshida, Xalqaro press-klubda ta’lim tizimiga bag‘ishlangan muhokama chog‘ida, o‘ta qiziq bir mavzu muhokama qilindi.

Ushbu mavzu ko‘tarilishiga AQShda yashayotgan O‘zbekiston fuqarosi Safarov Zafar yuborgan xabar bo‘ldi. Safarov o‘z xabarini AQShning nufuzli nashrlaridan biri bo‘lgan New York Times sahifalarida keltirilgan statistik ma’lumotlar bilan boshlagan. U yerda aytilishiga ko‘ra AQShda 2013-yil holatida 56 ming o‘zbek migrantlari yashayogan ekan. Ulardan yarmi Nyu Yorkda, 12 mingdan ortig‘i esa Bruklinning o‘zida yashar ekan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: chet elga ish qidirib ketgan fuqarolarni qaytarish ishlari talab darajasida emas

Shunisi qiziqki, ushbu migrantlarning aksariyati yangi, notanish sharoitlarga tez orada moslashib olishga muvaffaq bo‘lishgan. Buning sababi nafaqat ularning harakatchan va intiluvchan bo‘lgani, balkim barcha O‘zbekiston fuqarolariga xos bo‘lgan mehnatsevarlik va qanoatlilik ham, deyilgan xatda.

Bugungi kunda AQShda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarning aksariyati ilm-fan, ta’lim, davlat xizmati, meditsina, logistika va IT texnologiyalar sohasida ishlamoqda. Shuningdek, O‘zbekiston diasporasi vakillari tomonidan federal, soliq va boshqa qonunbuzarliklar juda kam sodir etilgan.

Safarov yozishiga ko‘ra, ushbu migrantlarning aksariyati, agar O‘zbekiston ularni taklif qilsa, chet elda ortirrgan tajribalarini o‘z Vatanida qo‘llashga tayyor ekan.

— Agar ushbu mutaxassislar vataniga qaytishni istasa, bizda ushbu yuqori malakalai mutaxassislar uchun kerakli munosib ish o‘rinlari yaratilmoqda. Vakansiyalar mashinasozlikda, tog‘-kon sanoatida ham,  ham biznesda ham ochilmoqda. Bir necha katta loyihalar allaqachon boshlangan. Bizning iqtisodga va bizning mamlakatga bunday mutaxassislar kerak. Prezidentning o‘zi ham bunday mutaxassislarni o‘zbekistonga qaytarish masalalsini bir necha bor ko‘targan, — dedi Inomjon Majidov, O‘zbekiston Oliy va o‘rta ta’lim vaziri.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev xorijdagi o‘zbek shifokorlarini qaytarishni talab qildi

Shundan keyin zalda o‘tirgan, Botir ismli, chet elda mehnat tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassis so‘z olib quyidagilarni aytdi.

— Men Singapurda, Dubayda, Amerika va Angliyada yashaganman. Juda ko‘p tanishlarim chet ellarda konsalting, sug‘urtalash, IT sanoati va boshqa sohalarda ishlab kelmoqda. Ular bilan ushbu mavzuda gaplashganimda, ularning aksariyati oriaga qaytishga tayyor ekanini bildiradi, lekin  har doim buni bir necha tashkiliy muammolar ko‘tariladi.

Masalan, ularning bolalariga ta’lim berish masalasi. Ularning ko‘pi oilalik va bolalari ham bor. Ular O‘zbekistonga qaytgan taqdirda ularning bolalari qayerda o‘qishi maslasi. O‘zbekistonda bunday muassasalar borg‘u, lekin ularning soni juda kam va ularning bahosi juda qimmat. Ba’zan hatto chet ellardagidan ham qimmatroq.

Shuning uchun, yuqori malakali mutaxassislar O‘zbekistonga qaytib kamroq maosh evaziga ishlashga rozi bo‘lsayu, lekin ularning bolalari bunday qimmat maktablardan foydalanishga majbur bo‘lsa, bu holat bir biriga mos kelmaydi.

Umuman O‘zbekistonga qaytishni istagan fuqarolar ikki toifaga bo‘linadi. Birinchisi bu yuqori malakali mutaxassislar bo‘lsa, ikkinchisi bu – biznesmenlar, ya’ni biror yangi loyihani noldan boshlashga tayyor bo‘lgan investorlar.

Glavniy dirijer Natsionalnogo filarmonicheskogo orkestra Rossii Vladimir Spivakov - Sputnik O‘zbekiston
Spivakov: O‘zbekistonning sochilib ketgan xazinasini ortga qaytarishingiz kerak

Investorlar uchun qaytish osonroq bo‘ladi deyish mumkin. Chunki bugungi kunda biznes uchun ko‘plab imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Soliq va boshqa sohalarda imtiyozlar bor.

Lekin ikkinchi toifadagi mutaxassislar qaytishi uchun esa, ularning darajasiga mos keladigan infratuzilma, ya’ni banklar, sug‘urta kompaniyalari va boshqalar paydo bo‘lishi kerak. Ular o‘zlari ishlab yurgan mamlakatlarda, haqiqatdan ham ancha yuqori maosh olishadi va yuqori hayot darajasiga o‘rganib qolishgan. Vataniga qaytgach ular ham downshifting qilib, kamroq maosh evaziga ishlashga tayyor.

Bu yerda ular haddidan oshgan yoki keragidan ortiqcha talab qo‘ymoqda degan fikrga borish noto‘g‘ri bo‘ladi. Gap shundaki, bugungi kunda O‘zbekistonga bir qator yuqori malakali mutaxassislar kerak va ushbu lavozimlarga chet ellik bo‘lgan mutaxassislarni yollashdan ko‘ra o‘zbekistonliklarni qayta yollash arzonga tushadi.

Quyidagi videolavhaning 48 daqiqasidan boshlab ushbu muhokamani tinglashingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0