Mirziyoyev xorijdagi o‘zbek shifokorlarini qaytarishni talab qildi

© FacebookShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birinchidan, chet elda mehnat faoliyati olib borayotgan 50 nafar o‘zbekistonlik shifokorlarni vataniga qaytarasiz, ikkinchidan Koreya, Hindiston, Rossiya bilan hamkorlikda Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijonda yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma klinikalar ochishni tashkillashtirasiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yanvar oyining boshida Sog‘liqni saqlash vazirligining yangi rahbariyati, markazlar rahbarlari hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarma boshliqlari bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda kun.uz sayti. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda to‘liq malakali xizmat ko‘rsatilmagani sababli 40 mingdan ziyod o‘zbekistonlik fuqarolar tibbiy yordam uchun xorijga chiqishga majbur bo‘layotgani ta’kidlandi.

"Ixtisoslashgan markazlar aholiga to‘liq malakali xizmat ko‘rsatmagani tufayli yiliga 40 mingdan ziyod fuqarolarimiz tibbiy yordam uchun chet davlatlarga chiqishga majbur bo‘lmoqda. O‘zingiz o‘ylang — 40 ming odamni qancha puli ketapti? Nima uchun Rossiyadagi katta klinikalar mutaxassislari bu yerga olib kelinib, operatsiyalar shu yerda bajarilmaydi yoki Hindiston bilan hamkorlikda qo‘shma markaz ochilmaydi?", — deb murojaat qildi Shavkat Mirziyoyev. 

Shundan so‘ng, ushbu masalalarni hal qilish uchun vazirlik rahbariyatiga tez orada bir qator  choralar ko‘rish talab qilindi.

"Shuning uchun, Adham Ilhomovich, (Sog‘liqni saqlash vazirligining yangi rahbari), birinchidan, 3 oy ichida 50 nafar xorijdagi O‘zbekiston shifokorlarini olib kelasiz va ikkinchidan, har bir davlat — Koreya, Hindiston, Rossiya bilan hamkorlikda Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijonda yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma klinikalar ochishni tashkillashtirasiz", — dedi O‘zbekiston prezidenti.

Shu bilan bir vaqtda, xorijdan qaytib kelgan O‘zbekistonlik shifokorlarga barcha kerakli sharoitlar yaratib berilishi kerakligi va har bir tibbiy markazdan 10-20 kishini xorijga o‘qishga yuborish kerakligi ham alohida ta’kidlab o‘tildi. 

Vrach - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Sog‘liqni saqlash tizimini mutlaqo o‘zgartirish - davr talabi

Shuningdek, sog‘liqni saqlash borasida vaziyat yomonlashayotgani ham qayd etildi. Jumladan, oxirgi 5-yilda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish — 25 foizga, asab kasalliklari  - 14 foizga, onkologik kasalliklar — 2,5-3 foizga oshganligi qayd etildi. Yuqori texnologik operatsiyalarning faqatgina 23 foizi viloyat miqyosida ko‘rsatilgani, qolgani esa Respublika markazida bajarilayotgani ta’kidlandi. Biroq bu sohadagi muammolarning oldini olish bo‘yicha deyarli hech qanday ishlar amalga oshirilmayotgani afsus bilan qayd etildi.

Shuningdek, Mirziyoyev zamonaviy talablarga javob beradigan onkologiya, neyroxirurgiya, travmatologiya va ortopediya sohalarida ixtisoslashgan markazlarning hududlarda bosqichma-bosqich kardioxirurgiya xizmatini rivojlantirish, tuman va shaharlarda lor va oftolmologiya, kardiologiya, nevrologiya, endikrinologiya kabi ixtisoslashgan bo‘limlarni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish vaqti kelganini ham ta’kidlab o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0