Spivakov: O‘zbekistonning sochilib ketgan xazinasini ortga qaytarishingiz kerak

© Iz lichnogo arxiva Mejdunarodnogo blagotvoritelnogo fonda Vladimira SpivakovaGlavniy dirijer Natsionalnogo filarmonicheskogo orkestra Rossii Vladimir Spivakov
Glavniy dirijer Natsionalnogo filarmonicheskogo orkestra Rossii Vladimir Spivakov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik mashhur dirijor Vladimir Spivakov O‘zbekiston madaniyati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Kecha Toshkentda ilk marta mashhur dirijor Vladimir Spivakov rahbarligidagi Rossiya Milliy filarmonik orkestri chiqish qildi. Konsert oldidan maestro O‘zbekiston madaniyati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozadi "Podrobno.uz".

"Men sizlarning oldingizda shunday maqsad bo‘lishi kerak deb hisoblayman — vaqt har yerga sochib tashlagan barcha xazinani ortga qaytarish. Sizlarda haqiqiy yetuk musiqachilar juda ko‘p. Masalan, vatandoshingiz Irena Gulzarova Shveysariyada yashaydi, u qoyilmaqom pianinochi. Agar u bu yerga kelib master-klasslar o‘tkazsa yaxshi bo‘lardi. Amerikada Nodir Hoshimov yashaydi, u mohir skripkachi. U ham O‘zbekistonga kelishdan xursand bo‘lardi.

Avliyo Potr maydoni - Sputnik O‘zbekiston
Yosh o‘zbek musiqachisi Rim papasini ham hayratda qoldirdi

Menimcha, ko‘p narsa boy berildi. Sizlarda ajoyib "Bahor" raqs ansambli bo‘lardi. U tarqalib ketdi, uni yana tiklash kerak, axir bu ansambl O‘zbekistonning brendi edi. Kelajakka erishish uchun o‘tmishni unutmaslik darkor.

Oldinda sizlarni yuksak cho‘qqilar kutmoqda, deb o‘ylayman. Fan va madaniyatga jiddiy e’tibor qaratish lozim", — dedi Vladimir Spivakov matbuot anjumanida.

Irena Gulzarova 1982-yilda Toshkentda tug‘ilgan. Olti yoshidan musiqa bilan shug‘ullana boshlagan. O‘zbekiston Davlat konservatoriyasiga imtihonsiz qabul qilingan.

U 8 yoshida sahnada chiqish qilgan. 13 yoshida Germaniya shaharlari bo‘ylab turne uyushtirgan. 15 yoshida xalqaro pianinochilar tanlovida 1-o‘rinni egallagan.
2010 yilda Bazel musiqa akademiyasini a’lo bahoga tamomlagan.

Samarqandlik sakkiz yashar musiqachi Ispaniyadagi tanlovda g‘olib bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Bulung‘urlik 8 yashar Isfandiyor Ispaniyadagi musiqa tanlovida g‘olib bo‘ldi

Nodir Hoshimov 1990-yilda Toshkentda tug‘ilgan bo‘lib, yetti yoshidan musiqa bilan shug‘ullana boshlagan. Uspenskiy nomidagi respublika maxsus musiqa akademik litseyini tamomlagan. AQShdagi Kertis musiqa institutida tahsil olgan.

Qator xalqaro tanlovlar g‘olibi. U mashhur simfonik jamoalar, jumladan, Filadelfiya orkestri, London simfonik orkestri, Moskva filarmoniyasi akademik simfonik orkestri bilan chiqishlar qilgan. Dunyoning mashhur skripkachilaridan biri hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0