TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. Xurshid Mirzohidov O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi rahbari lavozimidan ozod qilindi.
MTRK rasmiy saytida ham Mirzohidovning familiyasi rahbarlar ro‘yxatidan olib tashlangan.
Iyul oyi oxirida MTRK kunu-tun faoliyat ko‘rsatadigan "O‘zbekiston 24" telekanalini ishga tushirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Kamolot" YoIH IV qurultoyida O‘zbekiston prezidenti o‘z chiqishi davomida Ozodbek Nazarbekovni "Yoshlar"ga rahbar etib tayinlar ekan "Mirzohidov degan kattakon qani, shu yerdami? Ertadan boshlab "Yoshlar" kanalining rahbari Ozodbek Nazarbekov bo‘ladi, agar xalaqit bersalaring 50% odamingni qisqartiraman, tushundingimi" deb aytgan edi.
30 iyul kuni "O‘zbekiston 24" telekanalida namoyish etilgan "Tahlilnoma" ko‘rsatuvida esa o‘tgan yillar mobaynida tashqi siyosatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ochiq-oydin tanqid qilingan.
Dastur davomida boshlovchi tomonidan aytilgan gaplar "O‘zbekiston birinchi marotaba Islom Karimov siyosatini qoraladi" degan talqinda xorij matbuotlarini aylanib chiqdi.
O‘zbekiston Xalq shoiri Xurshid Davron MTRKdagi o‘zgarishlar xususida o‘zining Feysbukdagi akkauntida quyidagicha post qoldirgan:
"Alisher Xodjayev (bu mening savodsizligim emas, pasportida shunday) o‘rniga tayinlangan Xurshid Mirzohidov ham ishdan ketibdi. Yarim yil ishlamasdan ketdi. Xurshid Mirzohidov bilan ishlaganman, yaxshi odam. Umr bo‘yi telemarkazda ishlagan Sobir akaning o‘g‘li. Otasi, ozgina mahalliychiligini hisobga olmasak, durust odam, professional. Bir necha yil u kishi texnika, men esa ("Yoshlar"u "O‘zbekiston" TRK direktorligidan keyin) mafkura sohasida raisga maslahatchi bo‘lganmiz.
Yaqinda tasdiqlangan matbuot qo‘mitasi rahbariga o‘xshagan) tayinlanadi-yu bir necha oydan keyin ishni battar qilib ishdan ketarkan? Lekin, juda va juda uzoq ishlashi ham mumkin. Bu esa nafaqat TV va radioga, umummilliy taraqqiyotga faqat zarar keltiradi".
Hozirgacha hech bir rasmiy manbada Mirzohidov nega ishdan olingani sababi ma’lum qilinmadi.