Ozodbek Nazarbekov "Yoshlar" telekanali direktorligidan ketdi

© Instagram / ozodbek_official_pageNarodniy artist Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov
Narodniy artist Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xonanda o‘z ixtiyori bilan ushbu lavozimdan ketmoqchiligini rahbariyatga ma’lum qilgan

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov "Yoshlar" teleradiokanali direktorligidan ketdi. Bu haqda UZ24 o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Narodniy artist Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov - Sputnik O‘zbekiston
Kamolot tugatildi, Ozodbek Nazarbekov "Yoshlar"ga rahbar bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, xonanda o‘z ixtiyori bilan ushbu lavozimdan ketmoqchiligini rahbariyatga ma’lum qilgan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda, u telekanalda bosh produser sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Ozodbek Nazarbekovni "Yoshlar" teleradiokanali direktori etib tayinlagan edi.

O‘tgan haftada uning tashabbusi bilan tayyorlangan yangi teleloyiha efirga uzatilgandi.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri ushbu xabarga aniqlik kiritishni so‘rab O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga qo‘ng‘iroq qilganida, MTRK xodimi mazkur xabarni na tasdiqlay va na inkor qila olishini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0