TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. "Yoshlar" telekanalining yangi direktori etib Madamin Safarov tayinlandi, deb xabar bermoqda Uz24.uz.
Xabarda bildirilishicha, u ilgari "Toshkent" teleradiokanali rahbari bo‘lib ishlagan.
Madamin Safarov 25-iyuldan o‘z vazifasiga kirishgan.
Ilgariroq O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov o‘z ixtiyori bilan "Yoshlar" teleradiokanali direktorligidan ketgani haqida xabar berilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, u telekanalda bosh produser sifatida faoliyatini davom ettiradi.