Mirziyoyev "Kamolot" IV qurultoyida xorijda yurgan yoshlar masalasini ko‘tardi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMigrantlar
Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ota-onalarning farzandlar tarbiyasi uchun mas’uliyati va burchini huquqiy asosda mustahkamlab qo‘yish vaqti keldi, deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev

TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati IV qurultoyida O‘zbekiston prezidenti xorijda yurgan yoshlar masalasini ko‘tardi.

Prezident bu masalada gapni bugungi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalasi eng asosiy vazifa bo‘lib turganidan boshladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev yo‘ldan adashganlarni darrov dushmanga chiqarib qo‘ymaslikni so‘radi
"…maktabda, litsey-kollej yoki mahallada bir bola adashib, noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketar ekan, bundan avvalo uning tengdoshlari, yoshlar tashkiloti xabardor bo‘lishi, hech kimni tinch qoldirmasdan, bong urishi kerak emasmi?", degan savol bilan yuzlandi prezident.

Shu ma’noda, bugungi kunda mamlakatda tobora keng tarqalib borayotgan "O‘z bolangni o‘zing asra!" degan da’vat faqat quruq shior bo‘lib qolmasdan, har bir ota-ona, har bir fuqaroning qalbiga, yuragiga chuqur kirib borishi, amaliy harakatga aylanishi zarurligini ta’kidladi.

"Buning uchun bu masalani, ya’ni, ota-onalarning farzandlar tarbiyasi uchun mas’uliyati va burchini huquqiy asosda mustahkamlab qo‘yish vaqti keldi, deb o‘ylayman. Davlat maslahatchisi O.Murodov, adliya vaziri M.Ikromov bir oy muddatda ushbu masala yuzasidan tegishli takliflarni tayyorlab, kiritishi zarur",  - dedi prezident.

"Hozirgi vaqtda chet elda ishlab yurgan ayrim yoshlarning terrorizm va ekstremizm changaliga tushib qolayotgani bilan bog‘liq muammo barchamizni qiynamoqda.

Lekin, qaysi hokim yoki vazir, qaysi jamoat tashkilotining rahbari mana shu yoshlar xorijda nima qilib yuribdi, qanday kun kechirapti, deb qiziqib ko‘rapti?

Bedarak yo‘qolgan aka-uka Abdullayevlar - Sputnik O‘zbekiston
"Bizni g‘am-anduhda qoldirmang" - paxtakorlik ota bedarak ketgan o‘g‘illariga xat yozdi
Holbuki, ko‘pgina davlatlarda o‘z fuqarolari bo‘lgan, xorijdagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tuzilmalar bor. Ularning tajribasini o‘rganib, biz ham chet ellarda o‘qiyotgan, mehnat qilayotgan yoshlar bilan ish olib boradigan, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladigan bir tashkilot tuzishimiz kerak. O‘zimizning bolalarimiz haqida o‘zimiz o‘ylamasak, kim o‘ylaydi?" — dedi Mirziyoyev.

Bu masala bo‘yicha Davlat maslahatchisi A.Yunusxo‘jayev, tashqi ishlar vaziri A.Komilov, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Abduhakimov O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda bir oy muddatda taklif kiritishi kerakligi aytib o‘tildi.

Yangiliklar lentasi
0