TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Bugun Xalqaro Press-klubda O‘zbekistonda yoshlar siyosati: dolzarb masalalarga zamonaviy yondashuv mavzusida anjumani bo‘lib o‘tadi. Bu haqda International Press Club Facebookdagi sahifasida xabar qilindi.
Anjuman soat 16:00dan boshlanib, "O‘zbekiston" teleradiokanali orqali jonli efirga uzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 30-iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida ishtirok etdi.
Unda "Kamolot" YoIH tugatilib, uning o‘rnida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi davlat tashkiloti tuzildi. Shuningdek, Mirziyoyev tomonidan yoshlar siyosatiga bog‘liq bo‘lgan dolzarb vazifalar qo‘yildi.
Anjuman natijalari haqida keyinroq batafsil ma’lumot beramiz.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.