"Ko‘k kit - o‘lim guruhi" tashkil qilgan shaxs ustidan sud hukmi o‘qildi

Obuna bo‘lish
Bugungi kunda mavjud dallilarga ko‘ra, Budeykin Rossiya bo‘ylab 15 nafar o‘smirning o‘limiga bevosita aybdor, lekin Tergov qo‘mitasi bu hali hammasi emas deb ta’kidlamoqda.Sudda Budeykin o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. Ushbu yilning 18-iyul kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan sud majlisida ijtimoiy tarmoqlarda “ko‘k kit”, “tinch uy” va boshqa o‘lim guruhlari orqali o‘smirlarni o‘z joniga qasd qilishga undagan Filipp Budeykinkin (laqabi “Lis”) ustidan hukm o‘qildi, deb xabar qilmoqda Rossiya OAVlari.

Sankt-Peterburg sudi 18-iyul kuni butun Rossiya hududida “o‘lim guruh”lari tashkil qilib 15 nafar o‘smirning umriga zomin bo‘lgan Filipp Budeykinga 3-yilu 4 oy qamoq  jazosi berdi.

Smert s kosoy - Sputnik O‘zbekiston
Ehtiyot bo‘ling, “o‘lim guruhlari” bolalarga xavf solmoqda!

Sputnik bir necha barobar Rossiya va butun MDH davlatlarida yashovchi o‘smirlar orasida tez tarqalib ketgan ushbu “o‘yin” o‘nlab ruhiy jihatdan hali nozik bo‘lgan yosh bolalarning umriga zomin bo‘lganini xabar bergan edi.

Ushbu jinoiy ish bilan bevosita shug‘ullanuvchi Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg viloyati vakili Anton Breydo “Novaya gazeta” muxbiriga qo‘yidagilarni xabar qilgan. 

Nega faqat “Lis” hibsga olindi?

— Rossiyaning 10 hududida “o‘lim guruh”lari administratorlari turar joylarida tintuv o‘tkazildi. U yerda olingan ma’lumotlar o‘rganilmoqda. Dalillar jamlanganidan keyin boshqa jinoyatchilar ham hibsga olinishi mumkin.

“Lis” qanday qilib bolalarni o‘limgacha olib borgani sizga ma’lummi?

U o‘z faoliyatini 2013-yilda boshlagan. O‘shandan beri doimiy ravishda o‘z xatolarini to‘g‘rilab, o‘z hatti-harakatini takomillashtirib borgan. Ular aksariyat hoolarda quyidagicha yo‘l tutgan:  “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida guruh tashkil qilingan va u yerda bir necha o‘ta mudhish videroliklar joylashtirilgan. Filipp “Lis” va uning hamkasabalari bunday videolar o‘smirlarni jalb qilishini juda yaxshi bilishgan, chunki bunday yoshda bolalar o‘tkir his tuyg‘ularga muhtoj bo‘ladi.

Ekran smartfona - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 36 o‘smir "o‘lim guruhi"ga kirganligi aniqlandi

Shunday qilib ular guruhga 20 minggacha odam jamlashgan. Keyin esa, ularga biror osonroq topshiriq berilgan. Masalan, ko‘k kit yoki kapalak rasmini chizish. Uni bajarganlar keyingi bosqichga o‘tgan. Ikkinchi bosqichda murakkabroq topshiriq berilgan. Masalan, biror hayvonni o‘ldirish, o‘z tanasiga biror shikast yetkizish yoki boshqa noxush ish. Ko‘p hollarda bu bosqichda aksariyat bolalar guruhdan chiqib ketgan. Guruhda oxir oqibat, hayotda e’tiborsiz, ruhiy jihatdan o‘ta nimjon bolalar qolgan. Bundaylar mingtadan bitta bo‘lishi ham mumkin, lekin 20 minglik guruhda bu 20ta bola degani.  Ular uchun ushbu guruhda a’zo bo‘lishning o‘zi katta “shuhrat” bo‘lgan. Shuning uchun ham ular guruh boshlovchisi buyruqlarini so‘zsiz bajarishgan. 

So‘nggi bosqichga o‘tgan bolalarga ular “tanlangan insonlar” va bu hayotda hech kimga kerak emas, deb uqtirilgan. Shuningdek, ularga o‘z joniga suiqasd qilib, “rivojlanishning boshqa bosqichiga o‘tish” kerakligi ham uqtirilgan. “Lis” ularni hayotning keyingi bosqichida shaxsan o‘zi kutib olishga va’da bergan.

Suiqasd qilish oldidan ularning barchasiga “VKontakte” guruhidagi yozishmalarni o‘chirib tashlash buyurilgan va ularning hammasi bu ishni 100% amalga oshirgan. Shuning uchun ham bunday shaxslarning aybini isbotlash o‘ta mushkul.

Qanday qilib “Lis”ni hibsga olishga muvaffaq bo‘ldinglar?

Dor - Sputnik O‘zbekiston
Ijtimoiy tarmoqda "o‘lim guruhi" tashkil qilgan kishi qo‘lga olindi

Bunda bizga joniga suiqasd qilib lekin omon qolgan qizaloq katta yordam berdi. U ijtimoiy tarmoqda suratlarni tomosha qilib o‘tirgan va bitta qiziq rasm ko‘rib qolgan va o‘sha saytga kirgan, undan yana boshqa saytga va oxirida Filipp “Lis”ning “o‘lim guruhiga” kelib qolgan. U yerda qizchaga xuddi totalitar sektalarda bo‘lgani kabi “ishlov berishgan”. Qizcha turli topshiriqlarni so‘zsiz bajarib borgan sari guruhda “obro‘si” ortib borgan va guruh uning uchun asosiy hayotga aylangan. U har kuni ertalab tong soat 4:20da uyqudan turib allaqanday mudhish videolarni tomosha qilgan. Unga “agar tomosha qilmasang” bir zumda guruhdan chiqaramiz deb po‘pisa qilishgan. U videolarda esa doimi qon, mudhish lavhalar, bolalar qichqiriqlari va hokazolar namoyish qilingan. Qiz bola aytishiga qaraganda bunday lavhalarni tomosha qilgandan keyin unda o‘zini o‘ldirish istagi paydo bo‘lgan ekan.

“Lis” bo‘lsa bolalarni ushbu yo‘lda yanada quvvatlab borgan. “Xususan, u albatta poyezd tagiga tashlash yoki tomdan sakrash kerak emasligini, o‘limning og‘riqsiz uslublari ham boriligini” ta’kidlagan.  “Lis”ning maslahatiga ko‘ra qizaloq bir hovuch tabletka ichib o‘z joniga qasd qilgan, lekin tezda yetib kelgan tez yordam va oshqozonni yuvish natijasida uning hayoti saqlab qolingan.

Shundan keyin, qizaloq va uning ota-onasi tergov organlariga qo‘llaridan kelgan barcha yordamni berishgan.

Filipp Budeykin o‘zi kim?

Geymeri - Sputnik O‘zbekiston
Rasman: O‘zbekistonda "Ko‘k kit" oqibatida jabrlanganlar yo‘q

Filipp Budeykin maktabda yaxshi o‘qimagan, tengdoshlari bilan yaxshi kelisha olmagan, shaxsiy hayotda bir omadsiz inson. Uning onasi ertalab soat 05:00dan Moskva viloyatidan shaharga ishga kelgan, kechqurun uyiga qaytib o‘zi va 21 yoshli o‘g‘liga ovqat pishirgan. O‘g‘il bo‘lsa kunu-tun internetda o‘tirgan. Yaqin atrofda do‘stlari bo‘lmagan, u hatto ko‘chaga chiqmagan. Jonli hayotda hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmagan kimsa, internetda o‘zini “xudo” hisoblagan.

Nahotki bularning hammasini uning o‘zi o‘ylab topgan bo‘lsa? Balkim “o‘lim guruh”lari boshlovchilari ortida kimdir turgandir? Balkim biror mamlakat maxsus xizmatlari?

Biz buni tekshirishimiz va aniqlashimiz kerak. Agar buni isbotlovchi biror dalillar topilsa, biz ularni albatta inobatga olamiz. Hozircha, bizda buni tasdiqlovchi hech narsa yo‘q.

Bizning taxminimizcha, inson ruhiyatiga ta’sir qilishning bunday metodlari allaqayerda internetda topib olingan va yuqoridigi shaxslar tomonidan “ijodiy qayta ishlangan”  bo‘lishi ehtimoldan xoli emas, chunki yuqoridagi "uslub"larning barchasi “tarmoqli marketing”, “diniy sektalar” yoki boshqa firibgarlik sxemalariga “ikki tomchi suv” kabi o‘xshash.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda Rossiyada 720 nafar, Qirg‘izistonda 95 nafar va Qozog‘istonda 33 nafar o‘smirlar o‘z joniga qasd qilgan. Tekshiruv natijasida ularning Rossiyada 15 nafari, Qozog‘istonda 16 nafari va Qirg‘izistonda 10 nafari ijtimoiy tarmoqlardagi "o‘lim guruhlari" a’zosi bo‘lgani aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0