Ijtimoiy tarmoqda "o‘lim guruhi" tashkil qilgan kishi qo‘lga olindi

© pixabay.comDor
Dor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu guruh faoliyatidan kamida 20 nafar o‘smir zarar ko‘rgan, ulardan 15 kishi o‘z joniga suiqasd qilishga ulgurgan.

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Moskva viloyatida "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘ida o‘smirlarni o‘z joniga suiqasd qilishga undovchi "o‘lim guruhi" tashkil qilgan kimsa qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.   

"Kamida 20 nafar o‘smir zarar ko‘rgan, ijtimoiy tarmoqda tashkil qilingan "o‘lim guruh"laridan birining tashkilotchisi qo‘lga olindi",  - dedi Petrenko.

Tergovchilar xabariga ko‘ra, ushbu mudhish guruhga a’zo bo‘lgan o‘smirlardan 15 nafari  Rossiyaning turli hududlarida o‘z joniga qasd qilgan, yana besh nafar bola hali o‘z joniga qasd qilishga ulgurmagan ekan.

2016 yilning may oyida Sankt-Peterburg Tergov Qo‘mitasi bir qator OAVlarda paydo bo‘lgan, o‘smirlarni suiqasd qilishga undayotgan guruh haqidagi ma’lumotlarga asosan, Rossiyada ommaviy bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlardan birining yopiq guruhlaridagi ma’lumotlarni tekshirib ko‘ra boshladi.Tekshiruv natijasida JKning "siqasdga undash, va suiqasd qilishgacha olib borish" bandlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

VKontakte ijtimoiy tarmog‘idan 100 mln kishi haqida ma’lumotlar o‘g‘irlandi

Tergov Qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra 2013-yilning dekabridan 2016-yilning may oyiga qadar yovuz niyatli kimsalar "VKontakte" ijtimoy tarmog‘ida sakkizta virtual guruh tashkil qilishgan. Ushbu guruhlarda ular o‘smirlarni ochiqdan ochiq o‘z joniga qasd qilishga undashgan. Ushbu guruhlarga a’zo bo‘lish qattiq nazorat ostida bo‘lgan. Kimni qabul qilish yoki qabul qilmaslik guruh administratorining shaxsan o‘zi hal qilgan.

Guruhga kirish, xuddik ompyuter o‘yinlaridek, "arkada" uslubida amalga oshirilgan bo‘lgan. Ya’ni belgilangan topshiriqlarni  birin-ketin bajarish natijasida a’zoga yangi imkoniyatlar berib borilgan. Shuningdek guruh a’zolariga suiqasd qilish, birovga yoki o‘ziga jarohat yetkizish mavzularida ma’lumotlar, doimiy ravishda, berib borilgan.

Guruhga kirga yosh bola, juda kuchli psixiologik tuzoqqa tushib qolgan, "o‘lim — hayotda mavjud bo‘lgan murakkab vaziyatdan chiqishning yagona to‘g‘ri va chiroyli yo‘li" deb targ‘ib qilingan, deyilgan Rossiya Tergov Qo‘mitasi xabarida.  

Eslatib o‘tamiz, kecha Rossiyaning Pskov viloyatida ikki nafa 15 yoshli o‘smir, avval politsiyachilarni o‘qqa tutib keyin esa o‘zlarinining joniga suiqasd qilishgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0