O‘zbekistonda ish stajini hisoblash tartibi o‘zgardi

Obuna bo‘lish
Yangi tartibga ko‘ra, fuqaro ish staji 2 kategoraga bo‘lingan: birinchisi ijtimoiy to‘lovlar to‘lab borilgan haqiqiy ish faoliyati, ikkinchisi - qonun tomonidan belgilangan, mehnat faoliyatiga shartli ravishda tenglashtirilgan davrlar.

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda pensiya tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi bir qator hukumat qarorlariga o‘zgarishlar kiritdi, deb xabar qilmoqda Lex.uz sahifasi.

Yangi qabul qilingan hujjatga ko‘ra, nafaqa olish huquqini beradigan mehnat muddati ikki kategoriyaga bo‘lingan.

Birinchi kategoriya:

— moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari to‘lab borilgan, har qanday ish faoliyati, xoh davlat tashkilotida, xoh xususiy korxonada bo‘lsin;

Delegatsiya Rostruda posetila Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada ishlayotgan migrantlarning staji va pensiya ta’minoti muhokama qilindi

— harbiy xizmat, partizan otradlari safida bo‘lish, davlat xavfsizlik va ichki ishlar organlari safida xizmat qilish;

— harbiy qo‘riqlash xizmati, maxsus aloqa xizmati, tog‘-qutqaruv qismlarida xizmat qilish;

— xususiy mehnat faoliyati, qoramol yetishtirish, dehqon xo‘jaliklarida ishlash yoki boshqa xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish,  Budjetdan tashqari nafaqa fondiga sug‘urta to‘lovlari to‘lab borilgan taqdirda;

Ikkinchi kategoriya:

— I guruh nogironi, yoki nogiron-bolaga 16 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan qarash vaqti;

— 80 yoshdan katta bo‘lgan, doimiy kuzatuvga muhtoj bo‘lgan qariyalarga qarash vaqti;

Keksa momo. - Sputnik O‘zbekiston
Pensiya uchun minimal staj miqdorinini oshirish taklif etildi

— oliy  o‘quv maskanlarining kunduzgi bo‘limlarida, harbiy bilim yurtlarida, doktorantura va klinik-ordinaturada o‘qish vaqti;

— yosh bola 3 yoshga to‘lguniga qadar parvarishlar vaqti, umumiy hisobda 3-yildan ko‘p bo‘lmasligi kerak;

— harbiy xizmatchilar tumumsh o‘rtoqlarining ishga joylashish iloji bo‘lmagan hududlarda yashash muddati, 10-yilgacha;

— diplomatik va konsullik xizmati vakillarining chet elda bo‘lgan vaqti,  10-yilgacha;

Bundan buyon faqat bir kategoriya doirasida turli sohalarda ij staji bir xil bo‘lganda, nafaqa oluvchi xoxishiga qarab ulardan biri hisobga olinadi. Turli kategoriyalarda ish staji bir xil bo‘lgan taqdirda birinchi kategoriya hisobga olinadi.

Shunday qilib, fuqarolar real mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta to‘lovlari to‘lab borilgan davriga ustuvorlik huquqi berildi.

Budjetdan tashqari nafaqa fondiga to‘lov amalga oshirish huquqi bo‘lgan, lekin to‘lov amalga oshirilmagan davri ish stajining oxirgi 10-yillik davriga qo‘shilmaydi.

Elektron mehnat daftarchasi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bir necha oy oldin qog‘oz ko‘rinishidagi mehnat daftarchalari bekor qilingan edi. Fuqarolarning ish staji, amalga oshirga sug‘urta to‘lovlarining barchasi elektron ma’lumotlar bazasi shaklida saqlanishi xabar qilingan edi.

Trudovaya knijka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mehnat daftarchalari bekor qilinadi

Ushbu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi yakka tartibdagi tadbirkorlar, fermerlar va boshqa yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlar 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab, qolgan barcha toifadagi yuridik shaxslar 2019-yilning birinchi yanvaridan boshlab mehnat stajini elektron hisobga olish tizimiga o‘tkazishni belgilagan.

Xususiy tadbirkorlar va yuridik shaxslar budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov amalga oshirilganligi haqidagi hisobotlarni boshqa soliq hisobotlari tarkibida taqdim etishlari kerak.

2019 yildan boshlab fuqarolarga mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlar Davlat interaktiv xizmatlari yagona portali orqali taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0