Rossiyada ishlayotgan migrantlarning staji va pensiya ta’minoti muhokama qilindi

© facebookDelegatsiya Rostruda posetila Uzbekistan
Delegatsiya Rostruda posetila Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya bandlik va mehnat federal xizmati vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Rossiya bandlik va mehnat federal xizmati rahbari o‘rinbosari Mixail Ivankov boshchiligidagi delegatsiya (Rostrud) Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligida uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Rostrud vakillari Rossiyada mehnat qilayotgan migrantlarning o‘z vaqtida ish haqlarini olishlari, ish vaqtida jarohatlanganlarning huquqlarini himoya qilish, ish beruvchilar bilan huquqiy hujjatlarni ekspertiza qilish masalalarida yordamga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Sentr zanyatosti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Rossiya mehnat va bandlik federal xizmati delegatsiyasi keladi

Rossiyalik mehmonlar shu kuni Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasida ham uchrashuv o‘tkazdilar.

Tomonlar har ikki mamlakatdagi pensiya ta’minoti bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishdi. Uchrashuvda migrantlarning mehnat staji va ularning pensiya ta’minoti haqida ham so‘z bordi.

Delegatsiya shuningdek, Toshkentdagi ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyati bilan ham tanishdi.

Delegatsiya 3-iyunga qadar O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif rejasiga ko‘ra, ular Samarqanddagi "MAN Auto-Uzbekistan" avtomobil zavodi hamda shahardagi ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish markaziga tashrif buyuradi.

Rossiya mehnat va bandlik federal xizmati Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish borasidagi mas’uliyatli organ hisoblanadi. Rostrud ish beruvchilarning mehnat qonunchiligiga amal qilishlarini nazorat qiladi, Rossiyaga xorijdan ishchilarni jalb etish bo‘yicha takliflar tayyorlashda hamda kvotalar belgilashda ishtirok etadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Yangiliklar lentasi
0