O‘zbekistonda mehnat daftarchalari bekor qilinadi

© SputnikTrudovaya knijka
Trudovaya knijka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2019-yildan boshlab, qog‘oz ko‘rinishidagi mehnat daftarchalari o‘rniga “elektron mehnat daftarchalar” joriy qilinadi.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining "Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni imzolandi.

Unda aytilishiga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvardan respublikada "Elektron mehnat daftari" tizimi joriy etiladi.

Ya’ni, bir yarim yildan so‘ng birinchi marta ishga joylashayotgan fuqarolarga mehnat daftarchalari rasmiylashtirilmaydi. Uning o‘rniga barcha kerakli ma’lumotlar "elektron mehnat daftarcha"ga qayd etiladi.

Farmonda aytilishiga ko‘ra, mehnat qilayotgan barcha xodimlarning mehnat daftarchalaridagi yozuvlar birin-ketin elektron shaklga o‘tkazib boriladi. Xususan, soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlari (STIR) va shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i (ShJBPH) raqamlari asosida Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga pensiya badallarni to‘lash muddatlari haqidagi ma’lumotlar "elektron mehnat daftari"ga bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.

Hukumat portalida xabariga asosan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0