TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Farg‘ona viloyati hokimligi rasmiy saytida Farg‘ona viloyati sudyalarining Farg‘ona xalqiga murojaati e’lon qilindi.
Bildirilgan tanqid va haqli e’tirozlardan to‘g‘ri xulosa qilib, soha rivojiga tanqidiy yondashishimiz, hayotning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan biri-biridan muhim va dolzarb vazifalarni samarali hal qilish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqishimiz kerakligini, bunda amaliy tashabbuslar lozimligini tushunib yetdik", — deyilgan murojaat matnida.
Farg‘ona viloyat sudyalari bundan keyingi faoliyatini qonunlarga asoslanib adolatli qaror chiqarish, xalq bilan bevosita muloqot qilib fuqarolarni sudga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga va’da bergan.
Ikkinchidan, kundalik faoliyatimizda xalq bilan bevosita yuzma-yuz ochiq muloqot shakllarini kengaytiramiz, ularning muammolarini hal etishda yaqindan yordam berish orqali buzilgan huquqlarini tiklaymiz va haqiqatni qaror toptiramiz.
Uchinchidan, har bir shaxs qonun himoyasida ekanligiga ishonchi komil bo‘lishi uchun sudlarda ishlarni mustaqil, oshkora ko‘rib chiqamiz, natijasi bo‘yicha ish holati va qonun talablariga mos adolatli qarorlar qabul qilamiz.
To‘rtinchidan, sud hujjati O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqarilishini inobatga olgan holda qabul qilingan har bir qarorimiz qonuniy va adolatli bo‘lishi uchun shaxsiy javobgarligimizni oshirib, xatoga yo‘l qo‘yishga hech qanday haqimiz yo‘qligini to‘liq anglab yetishimiz zarur.
Har bir hujjatni qabul qilishda ongimizda — adolat, tilimizda — haqiqat, dilimizda — poklik ustivor bo‘ladi.
Beshinchidan, faoliyatimizda ochiqlikni ta’minlash hamda sud organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xalqimizni xabardor qilib borish maqsadida tizimli ravishda halq deputatlari mahalliy kengashlariga axborot berib boramiz, bunda o‘zimizning faoliyatimizga tanqidiy baho berib, xato va kamchiliklarimizni, shuningdek kelgusidagi vazifalarimizni jamoatchilik bilan muhokama qilishni o‘z burchimiz deb bilamiz.
Yettinchidan, sudyalik sha’niga dog‘ tushiradigan nopok xodimlarga oramizda o‘rin yo‘q, safimizni ulardan tozalab boramiz, adolatga xiyonat qilganlarga nisbatan murosasiz kurashib, ularning qonun oldida javobgarligini va jazoning muqarrarligini ta’minlashga so‘z beramiz".
Sudyalar, shuningdek, tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlikni o‘zlari uchun kundalik qoida, faoliyatlarining asosiy mezoniga aylantirishga so‘z berganlar.
"Zimmamizga yuklangan mas’uliyatli vazifalarni sidqidildan bajarishga, jonajon vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilishga, xalqimiz va Prezidentimiz oldida bergan qasamodimizga hamisha sodiq qolishga va’da beramiz!", — deb yakun yasalgan murojaatga.