Shavkat Mirziyoyev yana bir videoselektor yigʻilishini oʻtkazdi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Videoselektor yigʻilishi Sud organlari tizimida odil sudlovni taʼminlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va istiqboldagi vazifalarga bagʻishlandi

TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Bugungi kunda mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishda qonun va adolat ustuvorligini taʼminlash eng muhim vazifa boʻlib qolmoqda, deb taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev 13 iyun kuni Toshkent shahrida sud organlari tizimidagi ishlarning ahvoliga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida.

Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahridagi xalq qabulxonasiga tashrif buyurishi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev: "Xalq qabulxonalari - adolat zamini boʻlsin"
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari rahbarlari, Bosh vazir, Sudyalar oliy kengashi aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, viloyat, tuman va shahar sudlari sudyalari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston rahbari adolat oʻzbek xalqi uchun azal-azaldan tinch va farovon hayot mezoni, barcha ezguliklar manbai boʻlib kelgani, Sohibqiron Amir Temur bobomiz "Kuch — adolatda" degan hikmatga amal qilib, davlat boshqaruvini tashkil qilish, el-yurtning tinchligi va obodligini taʼminlashga erishganini qayd etib, bugungi kunda mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishda qonun va adolat ustuvorligini taʼminlash eng muhim vazifa boʻlib qolayotganini taʼkidladi.

"Bu borada davlat hokimiyatining mustaqil tarmogʻi boʻlgan sud tizimining oʻrni va ahamiyati gʻoyat katta. Bu haqiqatni biz bugungi kunda, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida tobora chuqur his etmoqdamiz", dedi Mirziyoyev.

Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
BMT Oʻzbekistonda yangi maʼmuriy sudlarni tashkil etishda yordam beradi
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sud hokimiyatining fuqarolik, jinoiy, maʼmuriy va iqtisodiy sudlov sohasida yagona oliy organi sifatida davr talablari asosida yangidan shakllantirilgani, odil sudlovning mazmun-mohiyatiga mutlaqo toʻgʻri kelmaydigan holat — sudlar tomonidan jinoyat ishlarini qoʻshimcha tergovga qaytarish amaliyotiga chek qoʻyilgani tizim rivoji yoʻlida muhim qadam boʻlgani qayd etildi.

Ayni paytda qoʻlga kiritilgan natijalar bilan kifoyalanib qolmasdan, soha rivojiga tanqidiy yondashish, sud idoralari, sudyalar faoliyatini butunlay yangicha asosda, samarali tashkil etish lozimligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0