O‘zbekistonning chet elda ham mashhur sanatoriysi zamonaviylashtirildi

© Ofitsialniy sayt"Umid gulshani" sanatoriysi
Umid gulshani sanatoriysi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Umid gulshani" sanatoriysi farzand ko‘rish orzusida bo‘lgan oilalarga ushbu baxtga erishish quvonchini baxsh etayotgani bois ham nafaqat mamlakatimiz, balki qo‘shni davlatlarda ham mashhurdir

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Joriy yilning 23-iyun kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan "Umid gulshani" sanatoriysida yangi binoning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi matbuot-xizmati

Xonobodda aholi dam olishi uchun sharoitlar yanada yaxshilanadi
Qayd etilishicha, sanatoriyda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari natijasida 250 o‘ringa mo‘ljallangan madaniyat saroyi, tadbirlar zali, axborot-resurs markazi, yopiq sport majmuasi, 200 o‘ringa mo‘ljallangan oshxona binosi, maishiy xonalar eng zamonaviy mebellar hamda yangi texnologiyadagi oshxona jihozlari, muzlatgichlar, sport anjomlari, badiiy adabiyotlar va ijtimoiy-siyosiy asarlar bilan ta’minlanib, foydalanishga topshirilgan.

Shuningdek, sanatoriy hududida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish, ko‘kalamzorlantirish ishlari amalga oshirilgan, jumladan, davolanuvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida maftunkor bog‘ va gulzorlar, issiq kunlarda salqinlik baxsh etuvchi sun’iy sharsharalar barpo etilgan.

Ushbu maqsadlarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan qariyb 8 mlrd. 250 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirilgani aytib o‘tilgan.

Natijada bugungi kunda sanatoriyda reproduktiv yoshdagi ayollar va erkaklar, shu bilan birga ekstragenital, nevrologik, kardiologik, endokrin, terapevtik kasalliklarni samarali davolash imkoniyatlari kengaydi. Sihatgohda nevrologik, endokrinologik va kardiololigik bemorlarni davolash ishlari yo‘lga qo‘yilib, kerakli tibbiy uskunalar va oliy toifali mutaxassislar bilan ta’minlandi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, "Umid gulshani" sanatoriysi farzand ko‘rish orzusida bo‘lgan oilalarga ushbu baxtga erishish quvonchini baxsh etayotgani bois ham nafaqat O‘zbekiston, balki qo‘shni davlatlarda ham mashhurdir. Toshkent shahridan 26 km uzoqlikda joylashgan ushbu sihatgoh g‘arbiy Tan-Shan tog‘ oldi tekisligida, dengiz sathidan 570 metr balandlikda joylashgan.

Veteran Velikoy Otechestvennoy voyni Akmal Akramov - Sputnik O‘zbekiston
2017 yilda 6 ming nafarga yaqin faxriy sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi
Iqlimi mo‘’tadil, qishi yumshoq, yozi issiq, yillik nisbiy namligi 50% ni, quyoshli kunlarning davomliligi 2 700 soatni tashkil etuvchi "Umid gulshani" sanatoriysi aholiga ginekologik va andrologik yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yordamida to‘g‘ri tashxis qo‘yish va reproduktiv a’zolar kasalliklarini samarali davolashga yo‘naltirilgan mazkur sanatoriyda elektronur, davolash jismoniy tarbiyasi, uqalash, psixoterapiya, ignarefleksoterapiya, lazer terapiyasi, ozokerit-parafin, shifobaxsh balchiq va suv muolajalari, parhez ovqatlanish orqali davolash muolajalari qo‘llaniladi. Davolash jismoniy tarbiya yo‘nalishi bo‘yicha kompleks mashq turlari trenajorlar va boshqa zamonaviy anjomlar vositasida olib boriladi.

Bularga qo‘shimcha ravishda turli-tuman fitochoy va vitaminli kokteyllar tayyorlanib, dam oluvchilarga taqdim etiladi.

Sanatoriy Umid Gulshani - Sputnik O‘zbekiston
Kasaba uyushmalari xotin-qizlarga sanatoriyga bepul yo‘llanmalar berdi
Shuningdek, sanatoriyda dam oluvchilar hordig‘ining yanada mazmunli bo‘lishini ta’minlash maqsadida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari, Toshkent shahri va viloyatining diqqatga sazovor maskanlari hamda mustaqillik yillarida barpo etilgan inshoatlarga sayohatlar, mashhur insonlar bilan qiziqarli uchrashuv va suhbatlar tashkil etiladi.

Sanatoriy hududini yanada obod etish borasidagi tizimli ishlar natijasida sihatgohning qariyb 8 gektar maydonida ulkan manzarali va mevali daraxtlar, 1 500 turdagi turli o‘simlik va gullar parvarishlanmoqda. Barpo etilgan bog‘da mavjud 56 turdagi turli qushlar xonishi, zamonaviy va ko‘rkam binolar ushbu maskanga tashrif buyuruvchilarga bayramona kayfiyat va ko‘tarinki ruh bag‘ishlaydi.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tibbiy turizmni rivojlantirish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasida bugungi kunda asosiy faoliyati bo‘yicha respublikada yagona hisoblangan mazkur sanatoriyda har yili nafaqat mamlakat aholisi, balki xorijiy davlatlarning 150 nafardan ortiq fuqarolari ham dam olib, davolanmoqdalar.

Yangiliklar lentasi
0