TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlagan rejasiga muvofiq, 2017-yilda respublikaning 36 ta sanatoriysida 5890 nafar 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari bepul sog‘lomlashtiriladi. Bu haqda "Kun.uz" xabar bermoqda.
Shundan 2753 nafar faxriy O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tasarrufidagi sanatoriylarda sog‘lomlashtirilishi belgilangan.
Rejaga muvofiq, respublikaning barcha sanatoriylarida urush va mehnat fronti faxriylari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib, sog‘lomlashtirish ishlari boshlangan.
Xususan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tasarrufidagi sanatoriylarda 2017-yil birinchi choragida 285 nafar urush va mehnat fronti faxriylari sog‘lomlashtirildi.