Xonobodda aholi dam olishi uchun sharoitlar yanada yaxshilanadi

Obuna bo‘lish
Xonobod shahrini har tomonlama rivojlantirish, aholi bandligi va farovonligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida Xonobod shahridagi "Xonobod" sanatoriyasini borib ko‘rdi, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s novimi texnologiyami virashivaniya seman - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda virussiz urug‘ va ko‘chatlar yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi

Davlat rahbari sanatoriya hududini obodonlashtirish, qurilish ishlarini oxiriga yetkazib, oromgohni kelgusi yili Navro‘z bayramiga foydalanishga topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Sanatoriy hududini Andijon shahri va tumanlarga ajratib berish, viloyat aholisi dam olishi uchun zamonaviy sharoit yaratish zarurligini ta’kidladi.

Xonobod shahrini har tomonlama rivojlantirish, aholi bandligi va farovonligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Xonobod Qoradaroning o‘ng sohilida, viloyat sharqida, Andijon shahridan  80 km. uzoqlikda joylashgan.

Qo‘qon xonligi davrida bu hudud “Beshkapa” deb yuritilgan. Mahalliy rivoyatga ko‘ra, Qo‘qon xonlari Xonobod atrofidagi to‘qayzorlarga kelib shikor uyushtirib, dam olishni xush ko‘rganlar.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

 

Yangiliklar lentasi
0