TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi xabariga ko‘ra, 2017-yilning 22-iyunida Aqto‘be viloyatining Aytekebiy tumani Karabutak posolkasidan 20 km masofada, Samara — Chimkent trassasining 946 kilometrida, soat 10:20 da YTH sodir bo‘ldi.
Ichida 50 nafar O‘zbekiston fuqarosi va 2 nafar Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan ikki qavatli Mercedes avtobusining dumalab ketgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 9 kishi qurbon bo‘lgan. 18 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar olgan, ulardan 17 nafari O‘zbekiston va 1 kishi — Qozog‘iston fuqarosi. Jarohatlanganlar ro‘yxati quyida taqdim etilgan. Ularga Aytekebiysk tumanining "Komsomol" posolkasida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Qozog‘istonning Aktubin viloyatida yuz bergan YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati:
1. Jumayev Toshtemir Axmadovich 1988-yilda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyati, Bandixon tumanidan.
2. Ergashev Muzaffar Abubakirovich 1991-yilda tug‘ilgan, Jizzax viloyati Zarbdor tumanidan.
3. Kahhorov O‘lmasbek Bo‘ronboyevich 1982-yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Marhamat tumanidan.
4. Aliyev Shoxruhbek Shavkat o‘g‘li, 1990-yilda tug‘ilgan, Andijon viloyati Bo‘z tumanidan.
5. Mo‘minov Abdurasulxon Parpiyevich 1984-yilda tug‘ilgan, Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanidan.
6. Xolboyev Anvarjon Akramjonovich 1988-yilda tug‘ilgan, Farg‘ona viloyati, Yozovon tumanidan.
7. Tursunov Qudratali Rustamaliyevich 1981-yilda tug‘ilgan, Namangan viloyati Chust tumanidan.
8. Qurbonov Iqboljon Ilhomjonovich — 1987-yilda tug‘ilgan, Farg‘ona viloyati Rishton tumanidan.
9. Qodirov Zohidjon Zoirovich 1982-yilda tug‘ilgan, Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidan.
2017-yil 22-iyun kuni Qozog‘istonda yuz bergan yo‘l-transport hodisasida jarohatlanib, kasalxonaga joylashtirilgan O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxati
1. Xolmatov Islomjon Odimovich, 1981-yilda tug‘ilgan.
2. Tog‘ayev Ismoil Abdullayevich, 1980-yilda tug‘ilgan.
3. Nosirov G‘ulomjon Abdujabborovich, 1980-yilda tug‘ilgan.
Xo‘jayev Shermonat G‘urmonotovich, 1988-yilda tug‘ilgan.
5. Nosipov Alimjon Abdixalidovich, 1977-yilda tug‘ilgan.
O‘zbekiston TIV rasmiy xabariga ko‘ra, halok bo‘lgan va jarohatlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning oila a’zolari va yaqinlarini habardor qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bo‘limlari va viloyat hokimiyatlariga yuborilgan.