Qozog‘istondagi YTH: jarohatlanganlar shifoxonada, O‘zbekiston tomon xabardor etilgan

© Sputnik / Asatur YesayansTez tibbiy yordam
Tez tibbiy yordam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston muxbiri Qozog‘istonda tashkil qilingan Ishonch telefoni orqali avariyaga uchragan O‘zbekiston fuqarolarining keyingi taqdiri haqida ma’lumot oldi

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Qozog‘istonning Aktubin viloyatida sodir bo‘lgan dahshatli YTH oqibatida O‘zbekiston Respublikasining 9 nafar fuqarosi halok bo‘ldi. Yana 43 nafar inson jarohatlangan. Shulardan 17 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir.

Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda dahshatli avariyada 9 nafar O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
"Jarohatlanganlarning barchasi tuman Markaziy shifoxonasiga olib ketildi. Jarohat olganlar orasida og‘ir bemorlar yo‘q", — deb javob berdi "Ishonch telefoni" operatori.

Ayni vaqtda halok bo‘lgan va jarohat olgan O‘zbekiston fuqarolari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Qozog‘iston FVV vakilining aytishicha, ayni vaqtda hodisa haqida O‘zbekiston tomon xabardor etilgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati ushbu avariya bo‘yicha izoh bermayapti.

"Barcha ma’lumotni saytda e’lon qilamiz", — deb javob berdi matbuot-xizmati xodimi.

Yangiliklar lentasi
0