Qozog‘iston IIV avariya joyiga maxsus guruhni yubordi

© IA "Novosti-Kazaxstan", Anatoliy UstinenkoRabota politsii Kazaxstana
Rabota politsii Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning Aktubin viloyatida sodir bo‘lgan dahshatli avariya oqibatida O‘zbekiston Respublikasining 9 nafar fuqarosi halok bo‘ldi. Yana 43 nafar inson jarohatlangan

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Qozog‘iston IIV bugun sodir bo‘lgan avariya joyiga maxsus guruhni yubordi, deb xabar berdi Qozog‘iston IIVning rasmiy vakili Olmos Sadubayev.

O‘zbekiston TIV - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tomonning Qozog‘istondagi avariya bo‘yicha rasmiy bayonoti

Qozog‘istonning Aktubin viloyatida sodir bo‘lgan dahshatli YTH oqibatida O‘zbekiston Respublikasining 9 nafar fuqarosi halok bo‘ldi. Yana 43 nafar inson jarohatlangan. Shulardan 17 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. Jarohatlanganlarning barchasi shifoxonaga yetkazilgan.

"Ushbu avariya juda og‘ir oqibatga olib kelganligini inobatga olgan holda, uning barcha sabab va sharoitlarini aniqlash maqsadida Qozog‘iston IIV tomonidan politsiya ma’muriyati qo‘mitasi bo‘limi boshlig‘i boshligidagi maxsus guruh voqea joyiga yuborildi", — deb xabar berdi Sadubayev.

Ayni vaqtda halok bo‘lgan va jarohat olgan O‘zbekiston fuqarolari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0