O‘zbekiston tomonning Qozog‘istondagi avariya bo‘yicha rasmiy bayonoti

© FacebookO‘zbekiston TIV
O‘zbekiston TIV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning Aktubin viloyatida sodir bo‘lgan dahshatli YTH oqibatida O‘zbekiston Respublikasining 9 nafar fuqarosi halok bo‘ldi. Yana 43 nafar inson jarohatlangan. Shulardan 17 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. Jarohatlanganlarning barchasi shifoxonaga yetkazilgan

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Ilgariroq O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati Qozog‘istonda sodir etilgan va 9 nafar o‘zbekistonlikning hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lgan dahshatli YTH haqida sal keyinroq xabar berishi haqida ma’lum qilgan edi.

Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda dahshatli avariyada 9 nafar O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Ayni vaqtda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati Qozog‘istondagi YTH haqida rasmiy bayonotini keltirib o‘tdi.

"OAV xabarlariga ko‘ra, 2017-yilning 22-iyun kuni Qozog‘istonning Akmola viloyati hududida Chimkentdan Volgodradga (Rossiya) ketayotgan avtobus ag‘darilib tushgan. Yo‘l-transport hodisasi qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolarining borligi aniqlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi va Qozog‘istondagi Elchixonasi tomonidan jarohat olganlarning shaxsini aniqlash va zarur yordamni ko‘rsatish uchun choralar qo‘llanilmoqda", — deyiladi TIV xabarida.

Yutub tarmoqlarida esa hodisa joyidan olingan video e’lon qilindi.

 

Yangiliklar lentasi
0