O‘zbekiston elchixonasi Rossiyadagi vatandoshlar bilan sayyyor uchrashuvlar o‘tkazadi

© SputnikRossiyadagi O‘zbekiston elchixonasi
Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
5 iyul kuni bo‘lajak O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining hamurtlarimiz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotiga tayyyorgarlik doirasida Rossiyaning Astraxan viloyatidagi vatandoshlarimiz bilan sayyyor qabul tashkillashtirildi. Muzokaralar natijasida qo‘lga olingan fuqarolar hujjatlarini rasmiylashtirishda hamkorlik mexanizmini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. 5 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hamurtlarimiz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazadi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

O‘zbekiston TIV vaziri Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov xorijdagi o‘zbekistonliklar bilan onlayn muloqot o‘tkazadi
O‘zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi Elchixonasi tomonidan 5-iyul kuni bo‘lajak O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining hamurtlarimiz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotiga tayyyorgarlik doirasida Rossiyaning Astraxan viloyatidagi vatandoshlarimiz bilan sayyyor qabul tashkillashtirildi.

Doimiy yashovchi fuqarolarimiz, mehnat muhojirlari hamda Astraxanning oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yosh talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Noqonuniy migratsiya, odam savdosi, diniy ekstremizm, terroristik faoliyatga qo‘shilishni oldini olishga bog‘liq muammolar va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Yashab turgan davlat qonunlariga so‘zsiz rioya etish va o‘z hujjatlarini ehtiyotkorlik bilan saqlash zarurligi ta’kidlandi.

Sayyyor konsullik qabul davomida, fuqarolik, vatanga qaytish sertifikati va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirishga oid turli masalalar bo‘yicha 51ta hujjat ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.

Migratsiya markazi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada vakolatxonasini ochadi
Diplomatlar Astraxan shahridagi chet el fuqarolarini vaqtinchalik ushlab turish markazida ham bo‘ldilar va mazkur muassasa rahbariyati, shuningdek, bu yerdagi O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashdilar hamda ushbu markazdagi sharoitlar bilan tanishdilar. Muassasa ma’muriyati bilan muzokaralar natijasida qo‘lga olingan fuqarolar hujjatlarini rasmiylashtirishda hamkorlik mexanizmini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ilgariroq "Xalq bilan muloqot va inson manfattlari yili" Davlat dasturida belgilangan topshiriqlarni bajarish maqsadida Rossiyaning Rostov viloyati va Krasnodar o‘lkasida sayyyor qabullar o‘tkazilgan edi, deyilgan xabarda.

Shuningdek, O‘zbekiston Elchixonasi yaqin kunlarda Moskva shahridan uzoqda bo‘lgan Rossiyaning boshqa mintaqalarida ham konsullik bo‘limi xodimlari safar qilishlari rejalashtirilayotgani qo‘shimcha qilingan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0