TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Rossiyada o‘z vakolatxonasini ochadi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga agentlik vakili O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasidagi uchrashuvda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, keyingi yillarda O‘zbekiston fuqarolarini chet mamlakatlarda ishga joylash amaliyoti faol rivojlanmoqda. O‘n besh yil davomida Janubiy Koreyada 30 ming, Rossiyada 5 ming, Yaponiyada 200 nafarga yaqin o‘zbekistonliklar agentlik orqali ishga joylashtirildi.
Bundan tashqari, agentlik orqali Rossiyada ishga joylashganlarning mehnat staji xuddi o‘z vatanida ishlaganidek hisobga olinadi.
Agentlik kelgusida Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya va Ummon bilan ham mustahkam aloqalar o‘rnatmoqchi.