AQSh Afg‘onistonda harbiylar sonini yana 5000 kishiga ko‘paytirmoqchi

© US Army / Staff Sgt. Shane HamannAfg‘onistonda AQSh harbiylari
Afg‘onistonda AQSh harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh generali aytishiga qaraganda, ayni damda "Afg‘oniston hukumati mamlakat aholisining 62% ni va hududining 57 %ni nazorat qilmoqda".

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. AQSh armiyasi qo‘mondoni general Jon Nikolson  NATO rahbariyatidan Afg‘onistonga yana 5000 nafar askarlar yuborish uchun ruxsat olmoqchi, deb xabar qiladi Sunday Times.

Ushbu tashabbus Pentagon rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda va 2017-yilning may oyida bo‘lib o‘tadigan, NATO mamlakatlari Mudofaa vazirlari uchrashuvida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

"Biz Afg‘onistondan chiqib keta olmaymiz. Bu yerda 11-sentabrda terrorchilik bilan urush boshlangan. Agar biz bu yerda mag‘lubiyatga uchrasak, bu butun dunyodagi terrorchilarni xursand qilgan bo‘lar edi va ular bayroqlari ostiga yanada ko‘proq odam to‘plangan bo‘lar edi hamda biz ushbu hududdan Yevropaga migrantlar soni oshishi guvohi bo‘lar edik", — dedi general nashrga bergan xabarida.

AQSh generali aytishiga qaraganda, ayni damda "Afg‘oniston hukumati mamlakat aholisining 62% ni va hududining 57 %ni nazorat qilmoqda".  

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda 2015-yilning 1-yanvaridan boshlab NATOning "Qat’iy yordam" nomli noharbiy (tinch) missiyasi davom etmoqda. Mamlakatda hozir 12 mingga yaqin NATO vakillari bor. Ularning asosiy vazifasi mamlakat hukumatini o‘qitish va ularga kerakli maslahatlar berishdir.

 

Yangiliklar lentasi
0