TOShKENT, 15-may — Sputnik. Xitoyda bo‘lib o‘tgan "Bir kamar — bir yo‘l" forumida Rossiya prezidenti nutq so‘zlali va dunyodagi vaziyat, shu kunlarda 150 mamlakatlardagi kompyuter foydalanuvchilariga uyushtirilgan kiberhujumlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Xitoy bilan hamkorlik
Rossiya prezidenti Vladimir Putin qator ekspertlar tomonidan bildirilayotgan "Xitoy Rossiya iqtisodiyotini yutib yuborishi mumkin", degan hadiklarga izoh berib o‘tdi.
"Biz barcha qarorlarni hamkorlikda qabul qilamiz va bizga faqatgina foyda keltiradigan takliflarni ma’qullaymiz", — deya qayd etgan Rossiya rahbari.
Putinga ko‘ra, Moskva Pekin bilan hamkorlikni kengaytirish niyatida.
"Biz kosmos bo‘yicha hamkorliq qilyapmiz, bu muvaffaqiyatli kechmoqda va biz bu hamkorlikni kengaytirish niyatidamiz. Ayni vaqtda Xitoyga raketa dvigatellarini yetkazib berish masalasi kun muhokama qilinmoqda", — deb qayd etdi Putin.
Dunyodagi ahvol
Jahon iqtisodiyoti kelajagi va dunyodagi vaziyat haqida to‘xtalar ekan, Putin AQSh ichki siyosatidagi kurash xavfiga to‘xtalgan.
Vladimir Putin shuningdek, yakshanba kuni navbatdagi raketa sinovini amalga oshirgan KXDR atrofidagi vaziyatga ham izoh bergan.
"Har qanday holatda yadro va raketa sinovlarini nomaqbul deb hisoblaymiz. Koreya xalq demokratik respublikasi bilan muloqotga qaytish lozim, uni qo‘rqitishni bas qilib, muammoni tinchlik yo‘li bilan hal etish choralarini izlash kerak. Buning iloji bormi yoki yo‘q? Men iloji bor, deb hisoblayman", — degan Putin.
"Bir necha yil oldin Pxenyan o‘z yadro dasturini to‘xtatgani haqida bayonot qilgan edi, "ammo, afsuski, ushbu muzokaralarda qatnashgan ishtirokchilarning sabri yetmadi".
"Mening fikrimcha, bu muloqotga qaytish lozim", — deb ta’kidlagan Putin.
Kiberhujumlar haqida
Rossiya prezidenti 12-may kuni dunyoning 150 davlatida kompyuter foydalanuvchilariga amalga oshirilgan kiberhujumlardan tashvishdaligini bildirgan.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, tarqatilayotgan virus Rossiyaga jiddiy zarar yetkazmagan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.