Sobiq SSSRning 11 mamlakati aholisi Ittifoq davridagi va undan keyingi hayotga baho berdi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishQizil maydonda namoyish, 1986-yil 1-may.
Qizil maydonda namoyish, 1986-yil 1-may. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Ittifoqdan keyin yashash yaxshi bo‘ldi deb hisoblaydiganlar soni 91% ni tashkil qildi.

TOShKENT, 17 avg —  Sputnik. Sputnik.Mneniya so‘rovi natijalariga ko‘ra, sobiq SSSRning 11 mamlakatidan 9 tasida 35 yoshdan katta aholining aksariyati SSSR davrida hayot sifati yaxshiroq bo‘lgan deb hisoblaydi.Rossiyada SSSR davrida yashaganlarning 64 %  Sovet Ittifoqi davrida hayot sifati yaxshiroq bo‘lgan  deb hisoblaydi. Ukrainada ushbu ko‘rsatkich 60 %ni tashkil qildi. SSSRda hayot sifati yaxshi bo‘lgan deb hisoblaydiganlar soni eng ko‘p mamlakat — Armaniston — 71% va Ozarbayjon – 69 % bo‘lib chiqdi.     

SSSR davrida yashashga ulgurmagan, 18-24 yoshli fuqarolarning aksariyati SSSRdan keyin hayot yaxshi bo‘ldi deb hisoblaydi. Rossiyada bunday deb hisoblaydigan yoshlar soni 65 % ni tashkil qildi. Ushbu statistik ma’lumotlar VSIOM, M-Vector, Ipsos, Expert Fikri va Qafqaz kompaniyalari tomonidan sobiq Ittifoqning 11 mamlakatida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida aniqlandi. 

Sobiq Ittifoqning deyarli barcha mamlakatlarida 35 yoshdan katta bo‘lgan aholi SSSR davrida hayot darajasi yuqori bo‘lgan deb hisoblaydi. Xususan, “Ittifoq bo‘linmasdan oldin hayot darajasi yaxshi bo‘lganmi?” – degan savolga, Armanistonda 71 % aholi “ha” deb javob bergan. Qarshi bo‘lganlar soni — 23 %. Ozarbayjonda 69 % rozi 29 % qarshi. Rossiyada ushbu ko‘rsatkich 64 % ga 27 %, Qozog‘istonda 61 % ga 27 %, Ukrainada 60 %ga 23 %, Moldaviyada 60%ga 30%,  Qirg‘izistonda 60%ga 30 %, Belorussiyada 53 %ga 28 %, Gruziyada 51%ga 46 % ni tashkil qilgan.

Tojikiston aholisining 39 % Ittifoq davrida hayot yaxshi bo‘lgan deb hisoblaydi. Ushbu fikrga qo‘shilmaydiganlar soni 55 %ni tashkil qiladi. 

O‘zbekistonda esa Ittifoq davrida yashash yaxshi bo‘lgan deb hisoblaydiganlar soni faqat 4% ni tashkil qildi, ushbu fikrga qarshilar soni esa 91%.

Jamiyat fikrini o‘rganish natijalari
Sputnik.Mneniya: Jiteli 11 stran otsenili jizn do i posle raspada SSSR - Sputnik O‘zbekiston
Jamiyat fikrini o‘rganish natijalari

SSSR darining oxirida yoki undan keyin tug‘ilgan, yoshi 25 dan kam bo‘lgan aholi orasida fikr butunlay boshqacha. Ularning aksariyati Ittifoqdan keyin yashash yaxshi bo‘ldi deb hisoblaydi.

Armanistonda ushbu fikrga qo‘shiladiganlar soni 48 %, qarshi bo‘lganlar soni 47 %ni tashkil qildi. Qirg‘izistonda ushbu ko‘rsatkich 48 %ga 37 %, Qozog‘istonda 56 %ga 35 %, Belorussiyada 57 %ga 34 %, Gruziyada 79 %ga 20 %, Ukrainada 39 %ga 18 %, Rossiyada 65 %ga 17%, Ozarbayjonda 68%ga 14%, Tojikistonda 84 %ga 13%, O‘zbekistonda 89 %ga 5%ni tashkil qildi.

Faqat Moldaviyada yoshlarining 69% SSSR davrida hayot yaxshi bo‘lgan deb hisoblaydi. Ushbu fikrga qarshilar soni esa 17%ni tashkil qildi.

Ushbu so‘rovlar M-Vector kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. M-Vector Qirg‘iziston va Tojikistonda vakolatxonalari bo‘lgan yirik izlanishlar kompaniyasidir. Jamiyat fikrini o‘rganish uchun GFK Kazaxstan, Morinfo, Qafqaz, MRP Eurasia  va boshqa korxonalar jalb qilindi. Ushbu yilning 4-iyuldan 15-avgustgacha o‘tkazilgan so‘rovda 12645 kishi qatnashdi. Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Moldaviya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda 1000 kishidan, O‘zbekistonda 1045 kishi, Ukrainada 2000 kishi, Rossiyada 1600 kishi ishtirok etdi. So‘ralganlarning yoshi, turar joyi va jinsi ham aniqlangan. So‘rovning xatolik darajasi 3,1 %, ishonchlilik ehtimoli 95% ni tashkil qildi.

Sputnik.Mneniya — jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan xalqaro loyiha bo‘lib, o‘z faoliyatini 2015-yilning yanvarida boshladi. “Sputnik. Mneniya”ning so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha bir necha hamkorlari bor. Britaniyaning Populus va Fransiyaning IFop izlanishlar kompaniyalari shular jumlasidan. “Sputnik. Mneniya” doimiy ravishda MDH, AQSh va Yevropa mamlakatlarida eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy muammolar bo‘yicha aholi fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.

Sputnik (sputniknews.com) – xalqaro axborot agentligi bo‘lib, dunyoning o‘nlab mamlakatlarida o‘zining multimedia va axborot xablariga ega. Sputnik o‘z ichiga internet sahifalari, raqamli radioeshittirishlar, mobil dasturlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni qamrab oladi. Sputnik yangiliklari doimiy ravishda 30 tilda nashr etilib kelmoqda. Inglis, arab, ispan va xitoy tilida xabarlar 24 soat davomida chiqib turadi.

Sputnik.Mneniya ning boshqa xabarlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0