Ostonada ShHTga a’zo davlat rahbarlari tomonidan 11 ta hujjat imzolanadi

© Sputnik / Mixail Metsel/POOL / Mediabankka o‘tishShHTga a’zo davlatlar rahbarlari
ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun bo‘lib o‘tadigan kengash yig‘ilishida davlat rahbarlari tomonidan ShHTdagi holatga baho beriladi hamda tashkilotni rivojlantirish istiqbollari va vazifalarini belgilab olish rejalashtirilgan

 

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Bugun Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) ikki kunlik sammiti doirasida ShHTga a’zo davlat rahbarlari kengash yig‘ilishi hamda boshqa tadbirlar o‘tkaziladi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Vstrecha Nursultana Nazarabayeva i Shavkata Mirziyoyeva v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev ShHT sammiti ochilish marosimida Mirziyoyevga muvaffaqiyat tiladi

Sammit ishtirokchilari Qozog‘iston poytaxtiga bir kun avval yetib kelishgan va ular sharafiga tashkil etilgan konsertda ishtirok etdilar.

Tarixiy sammit

RF prezident yordamchisi Yuriy Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, "sammitning eng asosiy voqeasi bu Hindiston va Pokiston davlatlarining ShHTga a’zo bo‘lishidir". Uning aytishicha, tashkilotning kengayishi uning  faoliyatini sifatli yangi bosqichga olib chiqadi, xalqaro ishlarda uning mavqeyini sezilarli darajada oshiradi.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Kayrat Abdraxmanov mazkur sammitni tarixiy sammit deb atadi. Hindiston va Pokiston tashkilotga a’zo bo‘lganidan so‘ng eng yirik mintaqaviy tashkilot sifatida ShHTning mavqeyi sezilarli darajada oshadi.

Shuningdek, u yig‘ilishda bir qator hujjatlar qabul qilinishi haqida xabar berdi. Davlat rahbarlari tomonidan Ostona deklaratsiyasi imzolanadi va ekstremizmga qarshi ShHT Konvensiyasi qabul qilinadi. Umuman olganda, imzolash uchun 11 ta hujjat tayyorlanmoqda. Muzokaralar tor va keng o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif bilan uchrashdi

Shu bilan birga, davlat rahbarlari tomonidan ShHTdagi holatga baho beriladi hamda tashkilotni rivojlantirish istiqbollari va vazifalari belgilab olinishi kutilmoqda.

Sammit davomida ShHTda raislik qilish vazifasi Qozog‘istondan Xitoyga o‘tadi. Aynan shu davlatda 2018-yil yozida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi o‘tkaziladi.

Iqtisodiyotga tayanish

Ostonada sammiti arafasida ShHT Tadbir kengashi boshqaruvining yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Ushbu tadbir iqtisodiy salohiyatni kuchaytirish va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan. ShHT doirasida savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha alohida sessiya o‘tkazildi.

Vstrecha Nursultana Nazarabayeva i Shavkata Mirziyoyeva v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga keldi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev tashkilot faoliyatining iqtisodiy asosini mustahkamlash zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Buyuk ipak yo‘li" dasturining rivojlanishi tufayli bugungi kunda ShHTda ijobiy o‘sish kuzatilmoqda. Ushbu dastur barcha a’zo davlatlar, birinchi navbatda Qozog‘iston va qo‘shni Xitoy tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ShHT- xalqaro tashkilot bo‘lib, 2001-yilda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlari tomonidan tashkil etilgan. 2016-yil iyun oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan sammitda ShHTga Xindiston va Pokiston qabul qilinishi to‘g‘risida memorandumlar imzolangan edi. Ostona shahrida o‘tkazilayotgan sammitda bu ikki davlat ShHTning to‘laqonli a’zolariga aylanadi.

 

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0