Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif bilan uchrashdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev va Navoz Sharif uchrashuvida asosiy e’tibor ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash masalalariga qaratildi

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Ostona shahrida Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev va Navoz Sharif uchrashuvida asosiy e’tibor ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash masalalariga qaratildi.

O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" Pokistonga parvozlarni tiklamoqda

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Pokiston bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdori ekanini qayd etdi.

O‘z navbatida Navoz Sharif Pokiston O‘zbekiston bilan barcha sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston Pokistonning ShHTga a’zo davlat sifatida qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlab, tashkilotga raisligi davrida bu masalaga alohida e’tibor qaratdi.

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo 50 ga yaqin hujjat imzolangan. O‘zbekistonda Pokiston bilan hamkorlikda tashkil etilgan 55 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Pokistonga paxta tolasi, ko‘nchilik xomashosi, transport va turizm xizmatlarini eksport qiladi. Pokiston O‘zbekistonga dori vositalari, kimyo va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib beradi, transport xizmati ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Ostona shahriga tashrif buyurgan.

Yangiliklar lentasi
0