TOShKENT, 8-iyun —Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Ostona shahriga keldi, deb xabar bermoqda hukumat portali.
Sammitda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari tashkilotning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishi, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashishadi.
Davlat rahbarlari shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ShHT faoliyatini kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, shuningdek, terrorizm va diniy eksremizmga qarshi kurashni kuchaytirish masalalari ham muhokama qilishadi.
Ostona shahrida ShHTning Toshkent sammiti qarorlarini amalga oshirish bo‘yicha Hindiston va Pokistonni tashkilot a’zoligiga qabul qilish jarayoni nihoyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Sammit doirasida O‘zbekiston prezidenti qator delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida EXPO — 2017 ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmaning rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadi.