IIBB 50 ta otlar nima uchun xarid qilinishiga izoh berdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishOtlar
Otlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Bahodir Qurbonovga ko‘ra, otliq qo‘riqlash bo‘linmani tuzish fikri qo‘qqisdan paydo bo‘lgani yo‘q, bu oldindan rejalashtirilgan va har tomonlama chuqur tahlil qilingan masaladir

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Tez kunlarda Toshkent shahar IIBB post-patrul xizmati tarkibida maxsus otliq bo‘linma tashkil etiladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Sotrudniki pravooxranitelnix organov - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda otliq militsiya paydo bo‘ladi
Bu yangilik tufayli poytaxtliklar orasida anchagina tortishuvlar bo‘ldi, bu masalada kulgili fikrlar bildirganlar ham bo‘ldi. Ayrimlar ushbu bo‘linmalarni tuzish bekorga pul sarflash degani, deya fikr bildirdilar. Ijtimoiy tarmoqlarda esa ko‘plab kulgili fotosuratlar paydo bo‘ldi.

Lekin bu masalada poytaxtliklar nohaq ekanliklarini aytish lozim. Bugungi kunda har bir yirik shaharda otliq bo‘linmalar mavjud bo‘lib, ular ommaviy tadbirlar va istirohat bog‘lari, xiyobonlarda jamoatchilik tartibini saqlab turishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, Moskvada Yevropada eng yirik otliq bo‘linmasi mavjud bo‘lib, uning tarkibida 400 ga yaqin politsiya xizmat qiladi va ularda 220 dan ortiq otlar mavjud. Ushbu raqamlar bilan solishtirilganda, Toshkent qo‘riqlash xizmati uchun 50 ta otlar xarid qilinishi unchalik katta raqam hisoblanmaydi.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Baxodir Qurbonov so‘zlariga ko‘ra, otliq qo‘riqlash bo‘linmasini tuzish fikri qo‘qqisdan paydo bo‘lgani yo‘q, bu oldindan rejalashtirilgan har tomonlama chuqur tahlil qilingan masaladir.

Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
IIV rahbari: O‘zbekistonda hozirda militsiya yo‘q
"Otliq bo‘linmalarning asosiy vazifasi madaniy va sport tadbirlarida jamoatchilik tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va qoidabuzarlarni tezkor ushlashdir. Shuningdek, ular shaharning chekka tumanlarida qo‘riqlash patrul xizmatini ham amalga oshiradi. Shunda ularning ular faoliyatining asosiy qismi katta magistral yo‘llarda emas, balki kvartallar ichki qismlarida, ya’ni avtomashinalar kirishi noqulay bo‘lgan hududlarda amalga oshiriladi", — deb ta’kidladi B.Qurbonov.

Jinoyatchining qo‘lga olinishi - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘riqlash xizmati xabar qiladi: o‘g‘rilar uzoqqa qocholmayapti
Haqiqatan ham xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda odamlar eng ko‘p yig‘iladigan tadbirlarda otliq militsiya — eng qulay vositadir. Ot mingan chavandozlar o‘zlarining piyoda hamkasblariga nisbatan tezroq harakatlanishadi. Bundan tashqari, otdagi ichki ishlar xodimi jonivor tepasida atrofdagi vaziyatni yaxshiroq ko‘rish va har qanday xavf-xatarning oldini olish va bartaraf etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yevropa mamlakatlarida futbol fanatlarini tarqatib yuborishda ko‘p hollarda otliq politsiya xizmatidan foydalanadi.

"Toshkent shahar IIBB tarkibini otliq bo‘linmalar bilan to‘ldirish patrul xizmati samaradorligini oshiradi. Bu horijiy tajriba bilan isbotlangan va bunga biz tayanamiz. O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida, jumladan, Namangan va Andijon viloyatlarida otliq bo‘linmalar qo‘llaniladi. Toshkent qo‘riqlash xizmati uchun eng zo‘r otlar xarid qilishi haqida va’da beramiz", — deb qo‘shimcha qilgan Qurbonov.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0