Toshkentda otliq militsiya paydo bo‘ladi

© AP Photo / Peter DejongSotrudniki pravooxranitelnix organov
Sotrudniki pravooxranitelnix organov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Otliq bo‘linmaning asosiy vazifasi bu - markaziy ko‘chalarda, dam olish hududlarida va boshqa aholi jamlanadigan joylarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va qoidabuzarlarni tezkor ushlash bo‘ladi.

TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 1-maydagi qaroriga binoan,  Toshkent shahar IIBBda 50 nafar nozirdan iborat otliq bo‘linma paydo bo‘ladi.

Otliq militsiya IIV Harbiy-texnik institutining yozgi poligonida joylashtiriladi. Yangi bo‘linmaning asosiy vazifasi – ochiq havoda ommaviy tadbirlar o‘tkazish vaqtida jamoat tartibini saqlashda yuqori manyovrli, mobil to‘siq va mobil kordonlar yaratishdir.

Undan tashqari, ushbu bo‘linma markaziy ko‘chalarda, dam olish hududlarida va boshqa aholi jamlanadigan joylarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va qoidabuzarlarni tezkor ushlash uchun xizmat qiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0