IIV rahbari: O‘zbekistonda hozirda militsiya yo‘q

© Sputnik / StringerMilitsiya
Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu atama allaqachon o‘tmishda qolib ketgan va hozirda O‘zbekistonda faqatgina "ichki ishlar organlari" va "ichki ishlar organlari xodimi" atamalari mavjud, dedi vazir

TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekistonda hozirda "militsiya" atamasi qo‘llanilmayapti, dedi bugun bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov.

Uning aytishicha, bu atama allaqachon o‘tmishda qolib ketgan va hozirda O‘zbekistonda faqatgina "ichki ishlar organlari" va "ichki ishlar organlari xodimi" atamalari mavjud.

O‘zbek militsiyasining kechasi va buguni

"Hozirda hech kim O‘zbekistonda ichki ishlar organlari ishlamagan yoki yomon ishlagan deya olmaydi. Xodimlarimizning fidokorona mehnatlari tufayli keyingi 25-yil davomida ayrim qo‘shni va uzoq xorij davlatlaridan farqli o‘laroq respublikada tinch va osoyishta hayot ta’minlanib kelinmoqda. Ichki ishlar organlari, ayniqsa, mustaqillikning dastlabki yillarida xalqning osoyishta hayotini saqlab qolishga erishdilar. Shuning uchun respublikani bejizga Markaziy Osiyodagi barqarorlik oroli deb atashmaydi", — dedi Azizov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda huquqni muhofaza qilish organlari tizimida keng miqyosdagi islohotlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida quyi va tuman bo‘g‘inlari kuchaytiriladi, boshqaruv apparati qisqartiriladi, ichki ishlar boshqarmalaridan uzoqda joylashgan aholi punktlarida qo‘shimcha 175 ta ichki ishlar bo‘limlari va 824 ta tayanch punktlari tashkil etiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0