Qo‘riqlash xizmati xabar qiladi: o‘g‘rilar uzoqqa qocholmayapti

© Flickr / Keith AllisonJinoyatchining qo‘lga olinishi
Jinoyatchining qo‘lga olinishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston IIV joriy yilning mart-aprel oylarida qo‘lga tushgan o‘g‘rilar haqida axborot berdi. Birovning mulkiga ko‘z olaytirgan kimsalarni ushlashda mamlakat Qo‘riqlash xizmati tomonidan o‘rnatiladigan "tashvish tugmasi" katta foyda bermoqda

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Joriy yilning 16-aprel kuni yarim tunda Navoiy viloyati Zarafshon shahar IIBga "Ruxshona-Zarafshon" MChJga tegishli spirtli ichimliklar savdo do‘konidan "Tashvish xabari" kelib tushgan, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Safdorlar N.Tolibov, D.Eshmurodov va A.Qodirovlar voqea joyiga yetib borishgan. Natijada savdo do‘konining zaxira eshigini buzib ochib, o‘g‘irlik sodir etib, voqea joyidan yashirinishga harakat qilayotgan zarafshonlik rus millatiga mansub, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro A. B ushlangan va shahar IIB navbatchilik qismiga topshirilgan.

Mat s mladensem - Sputnik O‘zbekiston
Farzandini sotib puliga uy olmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi
Joriy yilning 16-mart kuni kech soat o‘n birlar atrofida Navoiy viloyati Karmana tumani Jaloyir Qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan, fuqaro B.A  shahar buyum bozori oldi tomonidagi avtoturargoxda turgan fuqaro Zaripova N.ning qo‘lidagi sumkasini (ichida 200 AQSh dollari va 80 ming so‘m puli bo‘lgan) tortib olib,  voqea joyidan qochib ketayotgan vaqtida bozor xududida tungi xizmatni olib borayotgan IIB huzuridagi "Qo‘riqlash" boshqarmasi katta inspektori mayor A.Sharipov hamda Navoiy shahar IIB huzuridagi "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlari katta serjant P.Jumayev va serjant T.Rasulovlar tomonidan tezkorlik bilan ushlangan. Jinoyatchi Navoiy shahar IIB navbatchilik qismiga topshirilgan.

Shuningdek, mart oyida Toshkent shahar Yashnabod tumani "Guruzliik" inshootidan "Tashvish" xabari kelib tushgan. Mazkur tashvish xabariga asosan Qo‘riqlash xizmati tezkor xarakatlanuvchi gurux xodimlari serjant O.A.Sobirov, safdor N.Yu.Koshkarov, safdor N.I.Po‘latovlar voqea joyiga yetib borib inshootni ko‘zdan kechirishganda, inshoot atrofi va eshik oynalari joyidaligi aniqlangan. Xodimlar ortga qaytayotgan vaqtlarida bir shubhali shaxs ketayotganini ko‘rib, uni to‘xtatishgan. O‘zlarini tanishtirib, ushbu shaxsdan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini so‘rashganlarida, u to‘satdan qochib ketishga uringan.

Qo‘lga olingan shaxs IIB navbatchilik qismiga topshirilganda, Mirobod tumani yashovchi 1970-yilda tug‘ilgan bu shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25-97-1-qismi bilan jinoyat sodir etib, qochib yurganligi fosh bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0