Svetchi va gazchilar ishdan bo‘shatilib ularning vazifasi Prokuraturaga topshirildi

© Sputnik / Vladimir Smirnov / Mediabankka o‘tishKommunal xizmat ishchisi
Kommunal xizmat ishchisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura huzurida svet va gaz uchun to‘lov undirish Majburiy ijro burosi tashkil etildi.

TOShKENT, 30-may — Sputnik. 29-may kuni elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash to‘g‘risida O‘zbekiston prezident farmoni qabul qilindi.

Gaz yo‘q - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand hokimligi: gaz va elektrdan qarz 1 trln so‘mdan oshgan. Ayb kimda?

Unda aytilishiga ko‘ra O‘zbekiston elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida o‘ta jiddiy muammo va kamchiliklar to‘planib qolgan. Ular orasida energiya manbaini talon-taroj qilish, iste’mol qilingan energiya resurslari uchun to‘lovlardan bo‘yin tovlash, elektr va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga shikast yetkazish va ularning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish kabi huquqbuzarliklar juda avj olgan.  

2016 yilda elektr va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga shikast yetkazish va ularning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish kabi huquqbuzarliklar 2014-yilga nisbatan 48 foizga oshgan.

2016 yil va 2017-yilning birinchi choragida "O‘zbekenergo" AJ hamda "O‘ztransgaz" AK tizimidagi 665 nafar xodimi, Sud departamentining 36 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Konforki gazovoy pliti - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandshahargaz: gaz bo‘lmasa ham qarz bor

Undan tashqari, O‘zbekiston prezidentining Xalq qabulxonalariga elektr va gaz ta’minoti masalalari bo‘yicha 43 mingdan ortiq shikoyat kelib tushgan.

Yangi qabul qilingan farmon sohada vaziyatni mutlaq o‘zgartirishga qaratilgan. Xususan, elektr va gaz ta’minoti sohasida boshqaruv mexanizmlarini yanada takomillashtirishga, to‘lov intizomini mustahkamlash va javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilgan.

Ushbu maqsadda farmonda quyidagilar amalga oshirilishi belgilangan:

1. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro burosi tashkil etildi.

Samarqand viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari gaz, svet, suv pulini vaqtida to‘lashga chaqirdi
Uning vazifasi energiya resurslari uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishiga, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-taroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga, shuningdek, sud hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash bo‘ladi.

2. Sud departamenti tugatilib, uning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan 1 301 ta bo‘shatilayotgan shtat birliklari Majburiy ijro buroga o‘tkazildi.

3. "O‘zbekenergo" AJ va "O‘ztransgaz" AKning iste’molchilar bilan ishlash bo‘yicha 6 562 ta elektromontor hamda tabiiy gazni hisobga olish va realizatsiya qilish bo‘yicha 4 255 ta nazoratchi shtat birliklari qisqartirildi.

4. O‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek, energiya resurslari uchun qarzdorlik mavjud bo‘lganda iste’molchilarni tarmoqdan uzish tartibi joriy etildi.

Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishi — elektr energetika va gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilishga, iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlashga, aholining turmush darajasi va farovonligini oshirishga hamda jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash uchun xizmat qiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0