Samarqand hokimligi: gaz va elektrdan qarz 1 trln so‘mdan oshgan. Ayb kimda?

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishGaz yo‘q
Gaz yo‘q - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Markazgazta’minot" unitar korxonasi direktorining aytishicha, nazoratchining tabiiy gaz pulini iste’molchidan talab qilishi qonunga ziddir

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Samarqand viloyatida kommunal xizmatlar bo‘yicha debitorlik qarzi eng katta muammolardan biri bo‘lib turibdi. Bu haqda viloyat hokimligi  matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda bildirilishicha, viloyat Matbuot uyida kommunal sohada uchrayotgan muammolar shu soha rahbarlari ishtirokida muhokama etildi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari O.Ochilovning aytishicha, bugungi kunda aholidan tushayotgan eng ko‘p murojaatlar aynan kommunal xizmatlar yuzasidan.

Shu bilan birga, debitor qarzdorlik ham eng katta muammolardan biri bo‘lib turibdi. Misol uchun, birgina elektr energiyasidan 2017-yil birinchi yanvar holatiga 660 milliard so‘m debitor qarzdorlik mavjud. Tabiiy gazdan esa bu qarzdorlik 601 milliard so‘mni tashkil etadi.

Yanvar oyida 8,1 milliard so‘mlik tabiiy gazning puli to‘lanmagan. Bu esa xizmat sifatiga yil sayin yomon ta’sir o‘tkazmoqda.

Konforki gazovoy pliti - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandshahargaz: gaz bo‘lmasa ham qarz bor

"Markazgazta’minot" unitar korxonasi direktori Shukrullo Mahmudovning aytishicha, har kuni ellik nafardan ziyod iste’molchi asossiz qarzdorlik bo‘yicha murojaat qiladi. Ko‘pincha bunday qarzdorlik hisoblagichlardan noto‘g‘ri foydalanish, iste’mol qilingan tabiiy gaz pulini nazoratchilarga topshirish orqali yuzaga kelmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, asossiz tarzda qarzdor bo‘lib qolayotgan iste’molchilar ham bor. Aytish lozimki, nazoratchining tabiiy gaz pulini iste’molchidan talab qilishi qonunga ziddir. Agar qarzdorlik mavjud bo‘lsa, nazoratchi ogohlantirishi mumkin.

Anjumanda bildirilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda tabiiy gaz sarfini hisoblash uskunalari ishlab chiqarishga moslashgan ikkita zavod qurilishi davom etmoqda. Yil oxiridan boshlab esa yangi turdagi elektron hisoblagichlarni gaz ta’minot idoralari hisobidan xonadonlarga o‘rnatish boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0