TOShKENT, 3-may – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2017-2021 yillarda gidroenergetikani rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
“O‘zbekistonda 2017-2021 yillarda, 42ta yangi gidro elektro stansiyalar qurilishi va 32 ta amal qilayotgan GESlarni zamonaviylashtirish rejalashtirilgan”, — deyilgan prezident qarorida.
Respublikada gidroenergetika rivojlanishining quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilangan:
- qayta tiklanadigan energiya manbaalari hisobidan, yangi generatsiya quvvatlari yaratish va mavjud quvvatlarni yangilash;
- har taraflama asoslangan ilmiy-texnik yechimlar asosida katta, o‘rta, kichik va mikro GESlar qurish bilan Respublika gidroenergetika quvvatini oshirish;
- Respublika suv manbaalariga har tomonlama ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
- boshqa davlatlar bilan chegara hududlarida joylashagan suv manbaalariga oid xalqaro shartnomalar asosida qabul qilingan majburiyatlarni to‘liq bajarish;
Prezident qarori, Respublika energetika balansida qayta tiklanadigan energiya manbaalari miqdorini bosqichma-bosqich oshirib borish va
shuning asosida ekologik toza generatsiya manbaalari yaratish, mavjud bo‘lgan gidroelektro stansiyalarni texnik va texnologik qayta jihozlash, xalqaro tajribani hisobga olib suv manbaalarida samarali foydalanish, energetika manbaalarini o‘zaro mvofiqligini oshirish va shuning hisobidan aholi va korxonalarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish maqsadida qabul qilingan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.